RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Farzand tarbiyasi
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 11:24 | Message # 16
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4075
Status:


Sovg’a ulashishni qizlardan boshlang.

Ayol zoti gohida xanjar o’tmas tilsim, gohida kapalak qanotidek nozikkina bir vujud. Goho suv betida charsillab yonayotgan olovdek... Havo birda ochilib, birda bulutlanib turganidek, ayol tabiati ham dilgir, goh muztar bo’lib turlanadi.

Tabiatan nozik ayol zoti, o’ylab qarasangiz, turmushda har xil mashaqqatni ko’taradi: birovining eri erta qazo qilgan, jo’jabirday sag’irlari bilan tul qolgan, birovining oilada baxti ochilmagan, boshqa turmush haqida dadil bir qarorga kelish uchun ko’ylagining etagi og’irlik qiladi, sag’irlar chappa yopishgan.Shuning uchun dinimiz ayollar sha’nini ulug’lagan, maqomini yuqori ko’targan, martabasini oshirgan.

Payg’ambarimizdan (s.a.v.) vorid bo’lgan mashhur hadislarni eslang: "Men dunyolaringizdagi uch narsani — soliha ayol, xushbo’y hidlar va namozni yaxshi ko’raman"; "Jannat onalar oyog’i ostidadir"; "O’z ahli ayoliga mehr-shafqatli bo’lganlaringiz eng yaxshilaringizdir"; "Eridan beva qolib, bolalarni tarbiya qilishda sabr etgan va turli mashaqqatlarga uchraganidan rangi sarg’ayib ketgan xotin bilan jannatda yonma-yon bo’lamiz" (Buxoriy); "Sovg’a ulashishni qizlaringizdan boshlang"...

Qur’oni karim suralaridan biri "Niso" (Ayollar) deb ataladi. Islomiyat johiliyat davrida xo’rlangan, kamsitilgan, haqoratlangan, izzat-nafsi yerga urilgan ayolning martaba-mavqeini yuksaltirdi, haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minladi.

Islomiy adolatni qarang: eri o’lib, sag’ir bolalari bilan tul qolgan ayol xohlasa, er qilishi mumkin. Buning uchun ajr-mukofot oladi. Agar turmushga chiqadigan bo’lsa, bolalarni deb yangi erning haq-huquqini ado etolmaslikdan qo’rqsa, oila qurmay ham yuraverishi mumkin. Hech kim uni bunga majburlamaydi, ayblamaydi. Aksincha, qaysi bir ayol eridan keyin qolib, yosh bolalari tarbiyasiga o’zini bag’ishlasa, nafsidan kechib, bolalarini solih insonlar qilib ulg’aytirsa, ulkan savob va ajrlar olishi ta’kidlangan.

Islomiy oilada qiz farzand tug’ilsa, o’g’il tug’ilganidan ham ko’proq xursandchilik qilish buyurilgan. Kattalar ko’chadan sovg’a-salom olib kelishsa, bolalar yugurib chiqqanida hadya ulashishni qizlardan boshlash tavsiya etiladi. Qiz bolalarni to’g’ri tarbiya qilish mukofoti jannatdir. Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta qizi bo’lib, ularga mehr-shafqat nazari bilan qarasa, jannatga kirishi muqarrardir", dedilar. Shunda bir kishi: "Ey Allohning Rasuli, qizi ikkita bo’lsa-chi", deb so’raganida, Rasuli akram: "Ikkita bo’lsa ham", deb javob qildilar (Buxoriy).

Xullas, dinimiz ayolni e’zozlash, iffati va sha’nini himoya qilishni, uning huquq va manfaatlarini kafolatladi. Turmush mashaqqatlarini, ro’zg’or kam-ko’stini butlashni erkaklar zimmasiga yukladi. Ayollardan esa Alloh taoloning amr-farmonlarini bajarish, erlariga itoat etishgina talab qilindi. Buning evaziga oliy mukofot — jannat va’da etildi. Payg’ambarimiz (s.a.v) aytganlar: "Bir ayol eriga itoat etsa, Allohning oldidagi burchini ado qilsa va vazifalarini bajarsa, unga shahidning savobi qadar savob yoziladi".


 
OSIYODate: Seshanba, 11-Okt-2011, 14:23 | Message # 17
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7132
Status:
Bolani hech qachon urmang! Buning iloji bor!


Ko'pincha ota-ona bolasini urib tarbiyaga chaqirganda "Meni ham onam (otam) urganlar, kam bo'lmadim" deb o'zlarini oqlaydilar. Lekin nahotki o'sha payt sizga qanchalik ularning qo'li og'ir botgani esingizda bo'lmasa? Nahotki o'z farzandingiz ham shuni his etishini istasangiz? Axir jismoniy og'riq o'tib ketadi, lekin qalbdagi og'riqlar hayot davomida farzandingizni qiynab qo'yishidan qo'rqmaysizmi?

Yoshligida ko'p kaltak yegan bolalar o'qishda, ishda cho'qqilarni zabt etishi mumkin, lekin bu muvaffaqiyatlar orqasida bolaning ichidagi psixologik stress yotadi. U barcha muvaffaqayatlarga xohish tuyg'usi bilan emas, balki qo'rquv tuyg'usi bilan erishadi. Bu tuyg'u esa unga hech qachon chindan baxtni his eta olishiga yo'l bermaydi. Chunki u maqsadga erishib "jazo"dan qutulganidan xursand bo'ladi, maqsadni qo'lga kiritganidan emas.

Bolani urganda ota-onalar "Yaxshi gapga tushunmaydi" deb o'zini oqlaydilar. Siz o'sha gapti tushuntirib berishga harakat qilib ko'rganmisiz? Albatta bunga ota-onadan ko'p mashaqqat talab etiladi. Urib esa, bolani qo'rquvga solib ota-ona o'z istaganiga oson erishadi. Agar bolaga vaqt ajratib, u nega qarshilik ko'rsatayotganini aniqlab, bolaga siz undan kutayotgan narsani mehr va sabr bilan tushuntira olsangiz, bola albatta quloq soladi. Bola sizni hurmat qilish kerak. Hurmatga esa, urish bilan emas bolani tushunish bilan erishiladi. Sizni quloq solmayotgan bo'lsa, demak siz unga yo'l topa olmayapsiz. Hamma ishingizni chetga surib, bolangiz yoniga kelib uni bag'ringizga bosib, u bilan gaplashib ko'ring. Boshida albatta u o'zini olib qochadi, chunki sizning bunday iltifotingizga o'rganmagan. Keyin esa ochiladi, uni nima qiynayotganini bilasiz. Ko'pincha bola ota-onaga quloq solmasligiga unga mehr va e'tibor yetmaganligi sabab bo'ladi.
Bunday payt bolani ursangiz uni o'zingizdan yanada uzoqlashtirib yuborasiz. Shuni unutmang, bu ketishda u katta bo'lganida siz uni quchoqlayman desangiz ham endi u ko'nmaydi. U payt sizlar teng bo'lasizlar, lekin siz uning mehriga ko'proq zor bo'lasiz.

Bolani urib o'z bo'shligingizni ko'rsatmang. Siz jismonan kattaroq va kuchliroq ekanligingizdan bolani urishga haqqingiz yo'q. Axir u sizga teng kuch bilan qaytara olmaydi. Uni alami ichida qoladi. Bu alam esa hayot davomida har xil vaziyatlarda namoyon bo'ladi.
Bola sizni o'zingizdan chiqarib yuborganini sezdingizmi, tezda uni yonidan keting. G'azablanayotgan paytda aslo bolani oldida bo'lmang. Tinchlanganingizdan so'ng u bilan gaplashib olishingiz mumkin. G'azab juda yomon narsa, bolani qattiq urib yuborish yoki mayib qilib qo'yish ham hech gap emas. Unga yo'l qo'ymang. O'zingizni ushlay olib bola bilan unga tushunarli tilda gaplashishni biling. Axir siz katta bo'la turib o'zingizni qo'lga olishni bilmasangiz, boladan nimani kutasiz?

Ota-onada "Sabrim chidamaydi" degan gap ham ko'p uchraydi. Nega? Nega o'z farzandingizga sabriz chidamas ekan? Bir o'ylab ko'rganmisiz? Nega ishxonadagi boshliqqa, eringizning sizga yoqmas qiliqlariga, xotiningizning kamchiliklariga, boshqa muammolarga sabringiz chidaydi-yu, o'z farzandingizga esa yo'q? Boshlig'ingiz sizni qiynab yuborganda uni urib tashlamaysiz-ku? Chidaysiz, muammoni hal qilish yo'llarini izlaysiz, yon bosasiz, lekin u begona. Farzandingizga kelganda esa negadur hech narsaga vaqt topa olmaysiz? Farzand bu eng oliy ne'mat. Farzandingiz juda tez katta bo'lib qoladi, hozir unga qancha ko'p o'zingizning vaqtingizni, mehringizni va e'tiboringizni ayamasangiz, keyinchalik shuncha o'zingizdan mamnun bo'la olasiz. Mehr va e'tiborga to'yib o'sgan bola juda baxtli va chiroyli hayot kechira oladi.

Bolani urishni o'rniga uni jazolash yo'lini qo'llash mumkin. Masalan, "Dars qilmasang, televizor ko'maysan", "Xonangni tozalamasang, ko'chaga chiqmaysan" va boshqalar. Uni urib uyni tozalatib keyin ko'chaga o'ynashga chiqarib yuborish hech kimni asabiga ham, tarbiyasiga ham foyda bo'lmaydi. Bola siz undan nima istayotganingizni aniq bilsin, unga o'z istaklaringizni tushunarli va aniq qilib yetqazishni biling. Prinsiplaringiz o'zgarmas bo'lsin. Bugun "A mayli chiqaver ko'chaga" deb, ertasi kuni "Nega uyni tozalamasdan ko'chaga chiqib ketding" deyishingiz sizning istaklaringiz bola uchun tushunarsiz bo'ladi.
Unutmang, bola qalbida doim sizni xursand qilish niyatida bo'ladi, shunday ekan unga bu maqsadiga erishish uchun imkoniyat yaratib turing.

Qanday vaziyat bo'lmasin, bola nima qilmasin, ko'pincha bolani betarbiyalik ekanligida ota-ona aybdor bo'ladi. Shunday ekan bolani urib o'z ayb va kamchiliklaringizni berkitishga urunmang. Bolani seva biling. Axir u go'dak, u juda kuchsiz. Uni o'sib borayotgan g'urur va o'zligini sindirmang.
 
OSIYODate: Payshanba, 13-Okt-2011, 08:29 | Message # 18
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7132
Status:
Narsa berishda bolalar o’rtasida adolat qilish.

“Sunan”kitoblari, “Musnadi Ahmad” va Ibn Hibbon “Sahih” larida Nu’mon ibn Bashir Raziallohu anhudan rivoyat qildilar:

Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam dedilar: -“Farzandlaringiz o’rtasida adolat qilinglar”. (Sahih hadis)

Imom Muslim rivoyat qildilar. Bashir Raziallohu anhuning ayollari: “Mening bolamga hizmatkor sovg’a qiling va bu narsaga Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni guvoh qiling”, dedi. Basher Raziallohu anhu Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni oldilariga keldilar-da : “Falonchining qizi ( ayollarini aytyaptilar) uning o’gliga hizmatkor tuhfa etishimni so’rayapti…”, dedilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “ uning aka-ukalari bormi?”, deb so’radilar. “ha” dedilar. “Ularning hammalariga bunga berganingdek sovga berdingmi?”, deb so’radilar. “yoq”, deb javob berdilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “Bunday qilish yaramaydi, men faqatgina haq narsaga guvohlik qilaman”, dedilar.

Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “ Meni javrga guvoh qilma, albatta bolalaringning sendagi haqqi ular orasida adolat qilishingdir”, dedilar.

Bayhaqiy rivoyat qiladilar. Anas Raziallohu anhu dedilar: “ bir kishi Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam birga utirgan edi, uning o’g’ilchasi kelib qoldi va u o’glini o’pdi-da, bag’riga olib o’tkazdi. Keyin uning qizchasi keldi, u qizchasini oldi-da, yoniga o’tqazdi. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam “ Sen ular o’rtasida adolat qilmading”, dedilar.

Salaflar bolalarini o’pishda ular o’rtasida adolat qilishni yahshi korishar edi.

(Ibn Qoyyim al-Javziya rahimahullohning “Tuhfatul mavdud bi ahkomil mavlud” nomli kitobidan olindi.)
 
OSIYODate: Juma, 18-Noya-2011, 16:50 | Message # 19
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7132
Status:
1. Диний. Бу тарбияга бола туғилгандан бошлаб, унга имон ва Ислом асосланини ўргатиб бориш киради.

Имон – Аллоҳ таолога, фаришталарга,пайғамбарларига, китобларга, Қиёмат кунига, тақдирга, яхшилик ва ёмонлик Аллоҳдан эканлигига ишонишдир.
Ислом арконларидан 5 таси – Шаҳодат калимасини дил ва тилбилан айтишлик ила имон келтириш, намоз, рўза, закот, ҳаж.
Шариат қоидалари – Аллоҳ таоло тарафидан инсонга буюрилган амаллар. Бу амаллар бир инсоннинг кундалик ҳаётидаги ҳолатларни, жамият ҳаётини, инсонлар орасидаги муносабатни ўз ичига олади.
Ҳар бир бола тоза фитратда туғилади. Бунга Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламнинг “Ҳар бир гўдак (Ислом) фитратида туғилади. Лекин ота-онаси уни ё яҳудий, ё насроний, ё мажусий қилади” (Мутаффақун алайҳ), деган ҳадислари ҳам исбот.
Бошқача қилиб айтганда бола она қорнини тарк қилар экан, кераксиз фикру уйлар, урф одатлардан ҳоли тарзда дунё эшикларини очади. Унинг қалби тоза бир оқ қоғоз мисол, айнан ота она уни ўраб турган олам ҳақида тасаввур беради, дин танлайди. (Маълум бир дин асосида тарбиялай бошлайди). Айнан шунинг учун ҳам Аллоҳ таоло ҳузурида фарзанди учун жавобгардир.

2. Аҳлоқий. Фарзанд туғилган онидан бошлаб бериб бориладиган одоб аҳлоқ арконлари киради. Бу арконлар инсон шахсиятининг асоси бўлиши керак. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам: “Мен яхши хулқларни батамом қилиш учун юборилганман”, деганлар. (Бухорий)
Бошқа бир ҳадисда эса: Оиша разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам: “Албатта, мўмин ўзининг чиройли хулқи ила рўза тутувчи ва бедор бўлувчининг даражасини топадир”, - деганларини эшитдим. (Абу Довуд, Термизий, Ибн Ҳиббон, ва Ҳоким ривоят қилишган).
(Ахлоқий тарбия кўрган бола Аллоҳ ҳамма нарсани кўриб тургани ҳисси билан ўсади, ўлғаяди, ўз ҳаракатларида масъулиятни ҳис қилади. Унинг шахсияти шаклланишида одоб ахлоқ қадриятлари илдиз отади. У ота онаси, ака укаси, опа синглисига, дўстларига ҳурмат ва мурувват кўрсатади, ростгўй, вафодор бўлади.
Албатта бунга осонликча эришилмайди. Буларнинг барчасини боладан талаб қилиниши билан бирга ота онада ҳам мужассам бўлиши керак. Маълум бир вақтгача бола оламни ота она мисолида танийди, билади. Ва оилада юқорида зикр қилинган қадриятлар бўлса ва болага эътибор билан булар ўргатиб борилса, фарзанд ҳам бу қадриятлар ҳисси билан ўсади. Унда “Шундай бўлиши керак”, деган қабулланма ҳосил бўлади. Тут дарахтининг ёнидан ўсиб чиққан тут ниҳолларининг бир кун келиб олма бўлишини кўтилмайди, талаб қилинмайди. Баъзи ҳолларда биз ота оналар фарзандларимиздан шикоятчи бўлишни яхши кўрамиз. Аммо фарзанд бизга соф ҳолатида берилган эди ва ҳозирги ҳолатига биз айбдор эканлигимизни унутамиз. Бирор ким бу шикоятимизнинг асл жавобини берса, ундан хафа ҳам бўлиб қўямиз. Чунки тўғри гап баъзан инсонга хўпам ёқавермайди. Фарзандли бўлишга ҳозирланаётган келин куёвларимиз, фарзандларида кўришни истамаган ўз нуқсонларини туғирлашга ҳаракат қилишсин. Ислом инсонни ўзини ислоҳ қилишга чақиради. – таржимондан.)

3. Жисмоний. Кучли, соғлом, мард – оиласи ва жамиятига тегадиган фойдасидан завқ ва мамнуният ҳис қиладиган инсон тарбиялаш.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламдан келган ҳадисларда: «Ёзишни, сузишни ва отишни таълим бериш фарзанднинг ота-онадаги ҳаққидандир», дейилган.
Жисмоний тарбия – танани комиллаштириш, иммунитет тизимини мустаҳкамлаш, касалликлардан профилактика қилишдир. Ислом дини соғлиқнинг Аллоҳ тарафидан инсонга берилган энг катта неъматларидан бири эканлигини таъкидлайди.
“Кучли мўмин кучсиз мўминдан яхшироқдир”, деганлар Расули Акрам саллаллоҳу алайҳи васаллам.
Мусулмонлар саломатликларига диққатли бўлишлари ва уни жисмоний машқлар билан мустаҳкамлаш тавсия қилинади.

4. Интелектуал. Тарбиянинг бу тарафи юқоридаги бўлимдагидек муҳим аҳамият касб қилади. Интеллектуал тарбия болани атрофни ўрганишга, изланишга, илмга иштиёққа ундайди. Асосий кучни бу дунё ва у дунё саодатига элтадиган диний билимларни эгаллашга сарфламоқ лозим. Илмнинг қадри ва инсонларнинг Ислом таълимотларини ўрганиш мажбурияти ҳақида кўпгина оят ва ҳадислар бор.
“...Сен: «Биладиганлар билан билмайдиганлар тенг бўлармиди?!» деб айт...”. (Зумар сураси, 9 оят)
“Кимки илм олган бўлса, Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи васалламдан тўлиқ мерос олибди”, дейилган ҳадисда ҳам илм олиш кераклиги уқдирилган. (Жомеъ ас-саҳиҳ)
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам: “Кимгаки Аллоҳ таоло яхшиликни раво кўрса, уни дин илмидан баҳраманд қилади, илмга илм олмоқ йўли билан эришилади”, дедилар. (Бухорий).

Аммо шу билан бирга бошқа фойдали илмларни ҳам унутмаслик лозим.
Умар разияллоҳу анҳу бундай дедилар: “Илмни чуқур ўрганинг!”

5. Психологик. Болада соғлом ва мустаҳкам психика тарбия қилмоқ. Бунинг натижасида бола жасур, мустақил, комилликка, яхшиликка интилиш ҳисси билан ўсади. Тўғри психологик тарбияда бола ҳасад, нафрат, қўрқув каби ҳиссиётларга берилмайди. У фақат Аллоҳдан қўрқишни, ва Унинг ризолигига интилишни истайди. Унда нафрат, ҳасад каби ёмон иллатлар кузатилмайди.

6. Ижтимоий. Бу аспектнинг вазифаси болани жамият қонун қоидаларига амал қилишни ўргатиш.
Бунда Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламни ўзимизга ва фарзандларимизга ўрнак қилсак бўлади. Аллоҳ таоло:
“...Кечиримли бўл, яхшиликка буюр ва жоҳиллардан юз ўгир”, (Аъроф сураси, 199 оят) деб буюрган.

7. Жинсий. Тарбиянинг бу соҳасида ота онадан нозикликни талаб қилади. Болага жинслар орасидаги фарқлар айтиб борилади. Болада кейинчалик бу борада саволлар ҳам туғилиши табиий ҳол. Бу ҳақда албатта ота онанинг очиқлама бериши тўғрироқ. Чунки бола бу нарсаларни барибир кўчада, мактабда ўрганиши мумкин. Аммо бу “таълим” қандай тарзда бўлиши номаълум. Шунинг учун ота оналаримиз бу борада керакли адабиётларни ўқиб ва фарзандларининг хулқ-атворларини ва қабул қилиш даражаларини ҳисобга олган ҳолда очиқлаганлари мақсадга мувофиқ.
 
BAXORDate: Juma, 25-Noya-2011, 14:59 | Message # 20
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4075
Status:
Bolalar


Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) “Hech bir ota o’z farzandiga yaxshi tarbiyadan a’loroq sovg’a bera olmaydi”deganlar (Termiziy).

Bolalarni Ramazonga o’rgatishda ro’za tutmoqlik, namoz o’qish, axloqiy qadriyatlar, ehson, Qur’on, oila, Hayit kabi Ramazonning tarkibiy qismlari muhim ahamiyatga ega. Bu bolalar o’z farzandlaringiz bo’ladimi yoki o’quvchilaringizmi, har qaysi holda ta’lim yoki tarbiya oson jarayon emas. Bolalar bo’sh miya bilan kelib, uni biz o’rgatgan narsalar bilan to’ldirib ketmaydilar. O’rgatish ko’p mashaqqat, kuch va ba’zi texnikalarni talab etadi. Quyida farzandlaaringizni Ramazonda ba’zi narsalarni o’rgatish uchun qo’llanmalar va texnikalar keltiramiz:

Ularni aralashishiga yo’l qo’yib bering.

“Ta’limning eng muhim maqsadi bilim emas, balki amaliyotdir”
Gerbert Spenser

Bolalar narsalarni qilish orqali o’rganadilar. Umuman olganda o’quvchilar darsning 75%ni amaliyot orqali, 5% ni ma’ruza va 10%ni o’qish orqali o’zlashtiradi. (Brunmer, Jerome, “O’zlashtirish jarayoni”). Masalan, agar farzandingizga Zakot tushunchasini o’rgatmoqchi bo’lsangiz, ularning sizga beradigan Zakotingizni hisoblashlash, uni qayerga yuborishga qaror qilish, hamda xatlarni pochta orqali yuborishga yordam berishlariga yo’l qo’yib bering.
Payg’ambarimiz (s.a.v.) qizlari Fotimani Makkada Ka’baga namoz o’qishga o’zlari bilan birga olib borar edilar. Keyinchalik esa, Madinada ular nevaralari Xasan va Xusanlarni hali namoz o’qishni bilmaydigan darajada yosh bo’lgan paytlarida masjidga olib borar edilar. Bolalar uchun biron bir tushunchaning ahamiyati u haqida o’qishdan ko’ra uni amaliyotda qo’llash orqali shakllanadi. Yillar o’tib ham ularning yodidan chiqmaydi o’sha tajriba, xatto do’stlariga “Zakot hisoblashni bolaligimdan bilaman” deganlarini eshitib qolishingiz ham mumkin.


 
BAXORDate: Juma, 25-Noya-2011, 15:00 | Message # 21
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4075
Status:
Bolalar



Ularning hissiyotlarini jalb qiling.

Bolalar biron bir faoliyatga hissan yondoshganlarida, uni kamdan kam tashlab ketadilar. Video o’yinlar va television ko’rsatuvlar bolalarning hissiyotlarini jalb etadi. Ota-ona va o’qituvchi sifatida, biz ham o’rgatish uchun xuddi shu texnikadan foydalansak bo’ladi. Hikoyalar, ashulalar, saxna ko’rinishlari va o’yinlar bolalarning hissiy diqqatini talab etadi. Bola biron narsaga qiziqish va hayajon bilan yondoshsa, o’sha narsaning oxirigacha diqqatini buzmaydi va siz unga yetkazmoqchi bo’lgan ma’lumotni qabul qilib oladi. Xuddi biz hayotimizda ro’y bergan biz uchun hissiy ahamiyatga ega narsalarni qanday esda tutsak, bolalar ham “qiziqarli”, “kulgili”, “hayajonli” va “o’zgacha” bo’lgan hodisalar orqali osonroq o’rganadilar. O’rgatish jarayoniga, asosiy maqsadni unutmagan holda, qiziqarli narsalarni qo’shishdan qo’rqmang. Hayit haqida biron bir she'r yozing, “hadislar xazinasi” qutichasini yo’lga qo’ying yoki Madinada Ramazon haqida hikoyalar o’qib bering. Agar bular bolalarga yoqsa, ular albatta yanada ko’proq o’rganishni xohlaydilar.


 
BAXORDate: Juma, 25-Noya-2011, 15:01 | Message # 22
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4075
Status:
Bolalar



Maqsadni ko’rsating.

Biz ba’zan o’quvchilarning “Nega buni qilishimiz kerak?” yoki “Bu matematik mashq befoyda” deganlarini eshitib qolamiz. Afsuski javob o’rnida “Chunki men shuni xohlayman”, “Chunki qilishing kerak” yoki bundan ham yomoni “Kitobni tugatsang senga CD player olib beramiz” degan gaplarni eshitamiz. Bizlar kabi agar bolalar ham biron faoliyatning maqsadi yoki ahamiyatini ko’rmasalr, uni bajarish uchun motiv bo’lmaydi. Farzandlaringizning Namoz yoki Ro’za haqidagi odatiy shikoyatlariga yo’l qo’ymaslik uchun, ularning Namoz va Ro’zaning maqsadini anglab yetishlarini ta’minlang. Biron bir narsani o’rgatishdan avval, hoh u Payg’ambarimiz (s.a.v) sahobalari haqidagi hikoya bo’lsin, hoh Hayitga oid biron bir faoliyat, bolalarga ushbu faoliyatni nimaga qilayotganingizni va bolalar undan qanday foyda olishlarini tushuntirib bering.Bolalarga ular ibodatni siz uchun emas, balki Allohni mamnun etish uchun qilishlarini eslating. Ularga nega Alloh roziligini qozonish kerakligini va qanday qilib har bir qilayotgan ishimiz idish yuvishdan tortib uyga vazifalarni qilishgacha bunga erishishimizga yordam berishini tushuntiring. Agar bolalar faqat siz uchun Namoz o’qishsa, siz yo’qligingizda ularda Namoz o’qish ishtiyoqi yo’qoladi. Agar bolalar Ro’za tutishni yoki Qur’on o’qishni biron moddiy manfaat uchun (CD player kabi) qilsalar, ularda Allohga bo’lgan sevgi yoki ixlos shakllanmasligi mumkin. Balki aksincha, moddiy mukofotlar to’xtaganida, ularda yuqoridagi amallarni bajarish maqsadi ham yo’qoladi. Farzandlaringizning musulmonlar uchun mukofot albatta bu dunyoda bo’lishi shart emasligini, ba’zan mukofotlar oxiratda berilishini ham tushunishga yordam bering.


 
BAXORDate: Juma, 25-Noya-2011, 15:03 | Message # 23
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4075
Status:
Bolalar



Asosiy g’oyalarga urg’u bering.

“Inson maktabda o’rgangan barcha narsalarini unutganidan keyin unda ilm qoladi.”
A. Einstein

O’zingizdan so’rangchi, 11 sinf matematika darslaridan nechta tenglamalaru nechta formulalarani eslay olasiz. 5 yoki 2, yoki bironta ham eslolmassiz. Ochig’i ko’pchiligimiz o’rgangan bilimlarimizning ozini eslab qolganmiz. Bolalar ham Fiqhning Zakot, Tahorat yoki Namoz haqidagi hukmlarini eslab qololmaydilar, bunga hojat ham yo’q. Nimani bilishlarini xohlasangiz, asosan o’shani eslab qolishlariga harakat qiling. Alloh bizni ko’rib turishi, Qur’on va Sunnaga asosan harakat qilishimiz, Namoz o’zini poklash yo’li ekanligi kabi muhim ahamiyatga ega g’oyalarni bilishlariga e’tibor bering. Farzandlaringiz bu tamoyillarni o’zlashtirib olganlaridan keyin qolgan narsalarni o’zlari qanday o’rganishlari mumkinligini o’rgating. Farzandlaringizning narsalarni qanday o’rganishlari mumkinligini tushunishlariga yordam bering. Fiqh bo’yicha ma’lumotlarni qayerdan olishlari, biron bir mavzu bo’yicha qanday tadqiqot qilishlarini yoki kimdan ma’lumot haqida so’rashlari mumkinligini o’rgating. Shu asnoda, asosiy tamoyillarni bilsalar, qolgan ikkilamchi ma’lumotlarmi qayerdan topishni bilib oladilar. Barcha hukmlarni eslab qolishga harakat qilish sizning ham, farzandingizning ham vaqtini bekorga sarflash demaktir.


 
BAXORDate: Juma, 25-Noya-2011, 16:11 | Message # 24
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4075
Status:
Bolalar



Boshqaruvni ularga topshiring.

Ba’zan bolalar ma’suliyatni kattalarga qaraganda jiddiyroq qabul qiladilar. Payg’ambarimiz (s.a.v) Ali, Anas va Usoma ibn Zayd kabi yoshlarni ba’zan yoshi ulug’roq va tajribaliroq sahobalarni boshqarish bilan vazifalantirganlar. Bolalarga muhim ishlarda boshqaruvni topshirib, o’zingiz chetga o’ting. Farzandlaringizdan biriga qolganlarini saxarga turg’izishni vazifa qilib bering. Boshqasiga esa har kungi iftor vaqtlarini yangilashni. Qarindoshlar uchun qanday hayitlik sovg’alarni sotib olishni rejalashtirish va olishda ular sizlarga yordam bersinlar. Ulardan qaysi vazifani bajarishni xohlashlarini so’rang. Farzandlaringizning xato qilishlari va o’z xatolarini anglashlariga yo’l qo’yib bering. Tajriba buyuruqdan ko’ra ko’proq narsa o’rgatadi. Farzandingiz sovuq kunda ustiga kamzulini kiymasdan ketgan bo’lsa, keyingi safar siz eslatmasingizdan avval o’zi kamzulini kiyib oladi. Bolalarning biron bir narsani o’rganishlariga o’zlarini ma’suliyatli qilib qo’ying. Masalan, farzandingizning “Tishimni yuvish ro’zamni buzadimi?” degan savoliga oddiygina “ha” yoki “yo’q” javob bo’lishi mumkin, lekin ko’p vaqt esda qolmasligi mumkin. Undan ko’ra “Bu haqda ma’lumotlarni qayerda topish mumkin? Kel birga qarab ko’ramiz” deng. Ramazonni farzandlaringizdan ro’zani nimalar buzishi va nimalar buzmasligi haqida loyiha hozirlashlarini so’rash bilan boshlang. O’zlari qidirib topgan ma’lumotlar ularning esida ko’proq qoladi va kelasi yil ularni qayerdan topishni ham bilib oladilar.

“Haqiqiy ilm olgan kishi o’rganishni va o’zgartirishni o’rgangan odamdir.”
Karl Rojers


 
BAXORDate: Juma, 25-Noya-2011, 16:13 | Message # 25
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4075
Status:
Bolalar



Hayajonlaning.

“Ta’lim chelakni to’ldirish emas, balki yonib turgan mash’aladir.”
W.B.Yeats

Bolalar sizning tashabbusingizdan ilxomlanadilar. O’rgatayotgan mavzuingizga hissiy tomondan yondoshing. Farzandlaringizga Ramazon kelishini intizorlik bilan kuzatayotganingizni ko’rsating. Namoz vaqtlarida xursand bo’ling. Hayit kelishi munosabati bilan uyingizni bezating. Payg’ambarimiz (s.a.v) o’rnak bo’lib o’rgatganlar. Ularning shaxsiyatlari va harakatlari odamlarni ularni sevishga va ulardan o’rnak olishga sabab bo’lgan. Farzandlaringiz qanday bo’lishini istasangiz, ularga shunday o’rnak bo’ling. Ular biron bir faoliyatni yaxshi ko’rishlarini istasangiz, o’zingiz unga sevgi bilan yondoshishga harakat qiling.

O’rgatish jarayoniga sevgingizni qo’shing.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar, al-Aqro bin Xabis Payg’ambarimiz (s.a.v) nevaralari Xasanni o’payotganlarini ko’radi. U: “Mening o’n farzandim bor, lekin hech qaysinisini biron marta o’pmaganman.”, dedi.
Bunga Payg’ambarimiz (s.a.v): “ O’zgalarga mehr ko’rsatmagan odamning o’ziga ham mehr ko’rsatilmaydi”, dedilar. (Muslim)

Bolalarga ulani qanday bo’lishlaridan qat’iy nazar sevishingizni ko’rsating. Ularning o’z imkoniyatlari doirasida mukammalik sari qadam tashlashlariga yo’l qo’yib bering. “Qara, Omina allaqachon 15 juzni tugatibdi” deyish bolangizning o’ziga ishonchini va qilayotgan ishiga ixlosini yo’qotishiga sabab bo’ladi. Ortiqcha musobaqa va taqqoslash ko’pincha o’zlashtirishi sekin yoki qiyinroq bo’lgan bolalarda ilojsizlikni keltirib chiqaradi va harakatning yo’qolishiga olib keladi. Farzandlaringizning o’z yutuqlarini o’zlari baholashlari va uni boshqalar bilan emas, balki o’zlarining avvalgi natijalari bilan solishtirishlarini o’rgating. Ramazonni o’zingiz va farzandlaringiz uchun yillar davomida esda qoladigan o’rganish tajribasiga aylantiring
.


 
OSIYODate: Dushanba, 28-Noya-2011, 04:22 | Message # 26
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7132
Status:
BOLALARINGIZNING ZEHNINI OSHIRING


Bolalarning ko’p narsalarni sizga qarab o’rganishini unutmang va ularga yaxshi o’rnak bo’ling. Shu bilan birga uning zehni darajasini ko’tarish uchun quyidagi takliflarni ham e’tiborga olishingiz durust bo’ladi:
1. U bilan gaplashing. Bolalaringiz bilan gaplashish va ularni tinglay bilishingiz juda samarali ikki narsadir. Agar biror kishi u bilan gaplashmasa, u gaplashishni o’rganmaydi va xuddi shunday biror kishi uni tinglamasa, amaliy ko’nikmalari bo’lmaydi hamda shunga muvofiq kishilar bilan aloqa qila olmaydi. Gaplashing, siz bilan aloqa bog’lasga bola hayotining har bir bosqichida ehtiyoj bo’ladi! Tekshirishlarga qaraganda, farzandingiz bilan gaplashish shakli boshqalarning gaplashishidan ko’ra farq qiladi va farzandingiz ham gaplashishni sizning so’zlaringzdan o’rganadi. Miyaning rivojlanishida sizning ona mehriga to’la so’zlaringiz foydalidir.

2. Ashula ayting. Bolangiz bilan birga ashula aytsangiz, kulishsangiz, hazillashsangiz bolangiz siz bilan yanada erkinroq gaplashadi.
3. Narsalarni o’rgating. Unga ba’zi narsalatrni ismini aytib, ta’rif bering, boshqa narsalar bilan taqqoslang, uning nima uchun ishlatilishini ayting. Farzandingiz sizni butun vujudi bilan tinglayotganini sezasiz!
4. Boshqa tomondan kelayotgan tovushlarni to’xtating. Televizor yoki radiyoning tovushi ancha baland bo’lsa, sizni bolangiz bilan gaplashishingizga tosqinlik qiladi.
5. Farzandingiz siz bilan gaplashayotganida butun diqqatingizni unga bering. Orqaga o’girilmaslikka harakat qiling, tiz cho’kib, ko’zingizni ko’zlariga qarating,
6. Unga nimalarnidir o’qib bering, bolangizga bir nimalar o’qib berish – uning til o’rganishiga yordam beradi, idrokini, diqqatini oshiradi. Bu jihatdan kitoblarni hayotingizning bir bo’lagi holiga keltiring, bolangizni uxlatar ekansiz, albatta unga o’qib bering. Bolangiz muloqat qila boshlaganda harflarning shakllarini ko’rsatgan holda o’qing, shu tariqa ba’zi bolalar 3 yoshidan o’qiishni o’rganib oladilar.
7. Musiqa chaling. Garchi mumtoz musiqa bolaning yanada zehinliroq qilishi isbotlanmagan bo’lsada, musiqa uning aqliy va ruhiy dunyosini boyitadi. Ba’zi birovlar musiqaviy va matematik qobiliyatlarning bir-biriga bog’liqligiga ishonadilar. Ammo tadqiqotlar musiqachilarning matematika sohasida ko’pchilik kishilardan farqli yoki ulardan yaxshiroq emsligini ko’rsatadi. Bolalarning matimatikaviy qobiliyatga ega bo’lishlarida ko’pchilik oilalarning kitoblar o’qib beris va bolalar bilan muloqotda bo’lish bilan yordam berislari o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshishida samarali rol o’ynaydi.
8. Bolangizni uxlatar ekansiz, unga ashula aytib bering. Bu ham bolangizni mazza qilib uxlashiga, ham takrorilash orqali uning so’z boyligining orttirishiga yordam beradi.
9. Musiqa bilan birga boshqa narsalarni ham o’rgating. “1-2-3 qo’l yuvishga tush, 4-5-6 tish yuvishning vaqti…” singari melodiyalar bolangizning fikrini bir joyga to’plashidga va so’larini eslab qolishiga yordam beradi.
10. Bolangizga yoqtiradigan musiqasini tanlashga ruxsat bering hamda doira (baraban)lar, qo’ng’iroqlardan foydalangan holda shovqin-suron, tasir-tusur chiqarishiga bir muddat chidab bering.
11. Qo’ying, bo’yasin. Bolalaringizning rangli qalamlari va o’yin qog’ozlari bilan vaqt o’tkazishiga qarshlik qilmang, chunki ular bolalarning qo’llarini chaqqonlashtirib, ularning badiiy mahoratlarini orttirishga yordam beradi.
12. Ularni yaxshi ko’rishingizni ko’rsating. Qilgan ishlarini ma’qtang va ularni hamma ko’radigan bir devorga osib qo’ying.
13. Farzandlaringizni hunarmandchilikka doir faoliyatlar bilan shug’ullanishlari uchun zarur ashyolarni topib bering. Tuxim soladigan idishlarni tashlab yubormang, savdo dukonlaridan berilgan paketlarni saqlab qo’ying, hojatxona qog’ozlari o’ramlaridan ham kesish va yopishtirishda foydalaning. Boshqa narsalar qilish ucun bog’dagi yaproqlarni to’plashingiz va devorga yopishtiriladigan oboy qog’ozi qirqimlarini bolalaringiz ucun saqlab qo’yishingiz mumkin.
14. Sanashni hayotingizning bir qismiga aylantiring. Farzandingiz matemetikani qanchalik bemalol o’rgansa, shunchalik maza qiladi va o’ziga bo’lgan ishonch ortadi. Bunda xuddi narvon zinapoyalaridan chiqqanday kichik odimlar qo’yishdan boshlang.
15. Sanoqlarni kuy ohangiga mos ravishda o’rganing. “Bir, ikki, uch - yong’oq ichi puch, uchdan keyin to’rt - avtobusni kut” kabi retmik aytishlardan foydalaning.
16. Miqdorlarning katta-kichikligi haqida so’zlashinglar. “Dasturxondagi likobchalar qanchligini sanay olasanmi?”, “Senga ularning kattasi kerakmi, yoki kichigi?” kabi savollardan boshlasangiz bo’ladi.
17. O’yinchoqlar va o’yinlar yordamida sanashga o’rgating. Sovutqich (xolodilnik)ka yopishtiriladigan magnitli rasmlar va boshq narsalar, vannaga tashlashingiz mumkin bo’lgan po’kakdan qilingan narsalar, sanoqlar bilan bog’liqa o’yinlar, masalan, “Monopoliya” o’yininig bolalar uchun moslashtirilgan variantlarini oling.
18. Ba’zi narsalarni qisimlarga bo’lgan holda o’rgating. Yiydigan narsalarni mayda bo’lakarga bo’lib, bu bo’laklar sonini bolangiz bilan sanang.
19. Televizordan hech qachon enaga sifatida foydalanmang. Chunki u bolalaringiz bilan munosabatda hech qachon sizning o’rningizni bosmaydi.
20. Bir videofilmni yoki DVDni farzandingiz ko’p marta ko’rishi sizni tashvishga solmasin. Takrorlash bolangizning o’rganishiga yordam beradi.
21. Sayr qiling va o’rganing. Istirohat bog’iga, kutubxonaga yoki do’konga qilingan sayohatlarda ko’p narsalarni o’rganishingiz mumkin.
22. Vaqti-vaqti bilan faoliyat turlaringizni o’zgartirib turishni maslahat beramiz. Boshqa bolalar bilan o’ynashini, ularni va oilalarini ma’lum bir tartibda ko’rib turishiga e’tibor bering.
 
ilyosbekDate: Shanba, 06-Okt-2012, 13:34 | Message # 27
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
rahmat

 
ilyosbekDate: Dushanba, 17-Dek-2012, 09:35 | Message # 28
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Bolalarni qanday muhitda tarbiyalash kerak?



Amerikalik psixoterapevt Sesil R. Benua o’zining “Qachonki bir mehr kamlik qilganda” deb nomlangan kitobida kattalarni, asosan, o’zini tarbiyachi o’rnida ko’radiganlarni quyidagi iboralarni ishlatmaslikka chaqiradi: Agar o’zingni munosib tutmasang, unda hech kim seni yaxshi ko’rmaydi ". (Bola buni quyidagicha eshitadi: "Demak, meni hech kim yaxshi ko’rmasakan "). "Agar o’zingni yaxshi tutmasang, o’rtoqlaring ham bo’lmaydi " ("Men yomon ekanmanda"). "Shunchalik ham axmoq bo’lish mumkinmi" ("Hech narsa qo’limdan kelmaydi"). "Sen hech qachon hech nimani tushunmaysan" (Men qobiliyatsiz, aqlsizman).

Bu kabi iboralar bolaning miyasiga buyruqday kiradi va uning hayotini, xarakterini salbiy tomonga o’girib yuborishi mumkin. Ko’pincha biz jahl ustida nima deyayotganimizga ahamiyat bermaymiz va gapirayotgan gaplarimiz qanchalik og’ir botishi mumkinligini o’ylab ham ko’rmaymiz.

Bolalarni qanday sharoit o’rab turgan bo’lsa, ular shunga o’rganadilar:

· Agar uni tez-tez tanqid qilishsa – boshqalarni muhokama qilishga,
· Agar tez-tez jahl qilishsa, urushishsa – urishishga,
· Agar ustidan kulishsa – uyatchan, tortinchoq bo’lishga,
· Agar tez-tez uyaltirishsa – doimo o’zini nimadadir aybdorday his qilishga,
· Agar bolaga nisbatan sabrli bo’lishsa – matonatli bo’lishga,
· Agar tez-tez qo’llab-quvvatlab turishsa – o’ziga ishonchi oshishiga,
· Agar tez-tez maqtab turishsa – qadrlashga,
· Agar bola bilan to’g’ri bo’lishsa, aldashmasa – u ham adolatli bo’lishga,
· Agar bola xavfsizlikni his qilib yashasa – ishonishga,
· Agar bolani ishlarini ma’qullab turishsa – o’ziga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lishga,
· Agar bola do’stona muhitda yashasa va o’zining kerakligini his qilib yursa – bu dunyoda mehr va muhabbat topishga o’rganadi.

O’z FARZANDingizning moslashuvchanlik darajasini tekshirish uchun quyidagi savollarga javob berishga harakat qilib ko’ring. Bu savollar 3-6 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan.

1. FARZANDingizni kuldirish osonmi?
2. Bir haftada 2-3 martadan kam injiqlik qiladimi?
3. Uxlagani yotayotganda uydagilarni jahlini chiqarmasdan tinch yotadimi?
4. Me’yorida ovqatlanadimi, injiqlik qilmaydimi?
5. Uning o’zi mazza qilib o’ynaydigan o’rtoqlari bormi?
6. O’rniga siyib qo’ymaslik qo’lidan keladimi?
7. Bosh barmogini so’rish, yig’lamsirash odatlari yo’qmi?
8. Siz uni o’zini boshqa joyda yig’latmasdan, xuddi bir umrga ketib qolayotgandek, tashlab keta olasizmi?
9. Tengdoshlari bilan o’zini yaxshi tutadimi?
10. Arzimagan bo’lsa ham qo’rquv hissi yo’qmi?
Agar shu savollarning barchasiga qo’rqmasdan ha deb javob bera olsangiz, unda Sizda xavotirlanishga asos yo’q. Aks holda, Siz o’z FARZANDingiz bilan munosabatlaringizni o’zgartirishingiz yoki mutaxassis bilan maslahatlashishingizga to’g’ri keladi.


 
ilyosbekDate: Dushanba, 17-Dek-2012, 09:37 | Message # 29
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Seni buyuk ishlar kutmoqda



Go’dakning holiga qarab ish tutish, uni qaysi ishlarga qobiliyati bor, nimalar qilishga tayyor ekanini nazarda tutish zaruriy narsalardandir. U ham yaralgan bir mavjudot ekanini yaxshi anglash lozim va shariatda izn berilgan har qanday yumushni unga yuklab qo’yavermaslik kerak. Chunki unga qo’lidan keladigan ishdan boshqasi yuklansa, u ishni bajara olmaydi va qobiliyati yetadigan narsani ham qo’ldan boy beradi.

Agarda valiy bolani fahmu farosati o’tkir, idroki durust, xotirasi yaxshi, to’g’ri anglaydigan va bilimga rag’batli deb bilsa, bu uning ilmni qabul qilishga tayyorligining alomatidir. Bas, modomiki qalb lavhasi forig’ bo’lib turgan ekan, unga ilmni naqsh qilsin. Toki, ilm qalbga muhrlansin va tobora rivojlanib borsin.

Agarda bolani hamma tomondan yuqoridagilarning aksicha ko’rsa hamda ilmga layoqati va rag’bati yo’q ekanini sezsa, biroq unda bahodirlik va shuning shartlaridan bo’lgan ot minish, o’q otish, nayza o’ynatish kabi ishlarga qobiliyat ko’rinsa, unga bahodirlik omillari bilan shug’ullanish va mashq qilish uchun yo’l ochadi. Mana shu ish unga va musulmonlarga foydaliroqdir. Bordi-yu aksincha, uni bunday ishlarga qobiliyati yo’q ekanini ko’rsa va uning musulmonlarga foydali bo’lgan biron-bir hunarni eplab ketishiga aqli yetsa, o’shanga yo’l ochib bersin.


 
ilyosbekDate: Dushanba, 17-Dek-2012, 19:15 | Message # 30
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
FARZANDingiz qayerda yuribdi?



Bolalar ulg’aygach, tashvishlar ham, xavotirlar ham ulg’ayaveradi. Ota-onalar bolalari uchun yanada ko’proq xavotirlana boshlashadi. Kichkina bolalar adashib qolishlari, yo’qolib qolishlari, maktabda yoki o’qishda ushlanib, kech qolishlari, mumkin bo’lmagan joylarda o’ynashlari mumkin. Ulardan hamma narsani kutsa bo’ladi. O’smir farzandingizdan ham xavotirlanib charchaysiz: kech kelishlar, yangi tanishuvlar, endigina mashina boshqarishni o’rganayotganlar…

Hozirgi texnika rivoji bilan bunday masalalarni oson hal qilsa va xavotirlarga chek qo’ysa bo’ladi. Shaxsiy trekkerlar (Personal GPS tracker) har doim Sizga yaqinlaringiz qayerda ekanliklari haqida ma’lumot berib turadi. Siz nafaqat yosh farzandlaringiz, balki yoshi katta ota-onangizning ham qayerda ekanliklari haqida xabardor bo’lishingiz mumkin. Shaxsiy trekkerlar yordamida Siz bola aynan qayerda, maktabdan vaqtida ketdimi yoki yo’qmi, trenirovkada nega uzoq qolib ketayapti – hamma-hamma savollaringizga yakun yasaysiz va bexavotir bo’lasiz.

To’liq ma’lumot: 998 97 332 1552




 
Search: