Adminstrator
Guruh:
ADMINISTRATOR
Xabarlar:
7612
Holati:
|
Mardlik va Nomardlik Adashganni yo'lga solgan mard.
Aybiga iqror mard kishi, Yashirmoq — qo'rqoq ishi
Arslon bolasi arslon bo'lur, Sichqon bolasi — sichqon.
Arslon og'zidan ov olinmas.
Asirlikdan o'lim yaxshi.
Baliq suvning chuqurini, Mard ishning qiyinini izlar.
Baxshining qadrini xalq bilar, Xalqning qadrini mard bilar.
Bir erga navbat, bir — sherga.
Gunohning uzri gunohdan og'ir.
Go'ngqarg'a bo'lib ming yil yashagandan, Sher bo'lib bir yil yashagan afzal.
Darmon bor yerda dard bo'lmas, Erman bor yerda er o'lmas.
Do'st kulfatda sinalar, Mard — kurashda.
Do'stga zor qilma, Nomardga — muhtoj.
Yer ekma, er ek.
Yomon odam yovdan qochar, Nomard odam siring ochar.
Jondan kechmay, daryo kechilmas.
Jo'mard yo'qligini bildirmas, Tulpor ochligini bildirmas.
Ziyrakning aqli tosh yorar, Nomardning mushti bosh yorar.
Zolim ishi shafodir, Mardning ishi vafodir.
Ilikni mard qoqib, nomard yemasin.
Yigit borki, yetti pushtigacha nomi qolar, Yigit borki, yetti kunda nomi yo'qolar.
Yigit — yigitning ko'zgusi.
Yigit so'zi — bitta.
Yigit — so'zidan, Qo'y — bo'g'zidan.
Yigitga yig'i yarashmas.
Yigitga mardlik yarashar.
Yigitni bir so'zlik bezar.
Yiqilsang, kuchlidan yiqil.
Yiqilsang ham tuyadan yiqil, Birov senga kulmasin.
Yo'lbars Tulki izidan yurmas.
Yo'qdan qochma, yomondan tonma.
Kallangni olsa, mard olsin.
Kek xotinga yarashar.
Kim mard bo'lsa so'ziga, Oydir elning ko'ziga.
Kurashda otangni ayama.
Mard aytmas, Aytsa qaytmas.
Mard berib xursand bo'lar, Nomard — olib.
Mard bilan gurunglashgan Mard bo'lar. Nomard bilan hiringlashgan Part bo'lar.
Mard bir yil och, Nomard hamisha och.
Mard bir marta o'lar, Qo'rqoq — yuz marta.
Mard boshini qilich kesmas.
Mard yetimga yeng bo'lar, Bo'lmaganga — bo'y.
Mard ish ustida bilinar, Nomard — osh ustida.
Mard ishi — mard, Nomardniki — dard.
Mard yigit izini sotar, Nomard yigit — o'zini.
Mard yigitga sevgi sinov.
Mard yigitning dod degani — o'lgani, Dod demasdan bet uchirgani — qo'rqqani.
Mard yiqilsa, maydonda qolar.
Mard yo'lida g'ov qolmas.
Mard yigitning labi yog'liq, Dangasaning boshi qonlik.
Mard — kurashda, do'st — tashvishda, Dono g'azabda sinalar.
Mard maydonda bilinar, Nomard — ishda.
Mard mardni deydi, Nomard — nomardni,
Mard muhtoj beshigi, Elga ochiq eshigi.
Mard nomardga tiz cho'kmas.
Mard oro bilan so'zlar, Nomard — pora bilan.
Mard tuzar, nomard buzar.
Mard xotinin qaritmas. Botir otin horitmas.
Mard o'zidan ko'rar, Nomard — o'zgadan.
Mard o'lar, nomi qolar.
Mard qalbi — gul, Nomardniki — kul.
Mard qiyinni yengar, Nomard bo'ynini egar.
Mardga manzil ko'p.
Mardga taqlid et, Nomardni tanqid et.
Marddan ot qolur, Nomarddan — dod.
Mardlik yiqitmoq emas, turg'izmoq.
Mardlik — kishining husni.
Mardlik — mangulik.
Mardlik sotib olinmas.
Mardni maqtamasang ham — mard, Nomardni maqtasang ham — dard.
Mardni mehnat yengolmas.
Mardni xor etma, Nomardga zor etma.
Mardni el sevar, Nomardni kirn sevar.
Mardni o'ldirar firoq, Nomarddan nomus yiroq.
Mardning ishi — mehnatda, Nomardning kuchi — og'zida.
Mardning noni — butun.
Mardning o'ligi — nomardning tirigi.
Mardning qo'li boqadi, Nomard qo'li yoqada.
Maslahatni marddan so'ra.
Ma'raka — mardniki, Ziyofat — xalqniki.
Mergan ovda kerak, Mardlik — yovda.
Mol — mard, egasi — nomard.
.[/b][/size]
|