RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Umid va umidsizlik haqida maqollar
OSIYODate: Shanba, 09-Iyul-2011, 19:12 | Message # 1
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Umid va umidsizlik haqida maqollar

Axtargan topar.

Bir qiz erga tegsa,
Qirq qiz tush ko'rar.

Birni bergan yuzni ham berar.

Birni eksang, o'nni olasan.

Bu yil izi bo'lsa,
Kelar yil o'zi bo'lar.

Bugun — yupun, ertaga — butun.

Buxoro uzoq bo'lsa ham, poygohi yaqin.

Vodiy suvi kechiksiz bo'lmas.

Gado bir kechada necha boyir.

Dard bergan darmonini ham berar.

Dard — boshqa, ajal — boshqa.

Daryo baliqsiz bo'lmas,
Tog' — kiyiksiz.

Yeding, o'laman dema.

Yov ketsa, yovon ochilar.

Yozga chiqsang, jon o'lmas.

Yomon kun yaxshi bo'lar,
Yomon odam yaxshi bo'lmas.

Yomon kun yaxshi bo'lar,
Uyalmagan — baxshi.

Yotib qolguncha, otib qol.
Joni borning umidi bor.

Ikki orzu bir topilmas.

Kuldan tepa bo'lmas,
Qumdan — qo'rg'on.

Ko'rning tilagi — ikki ko'zi.

Mozorga o'lik kelmasa,
Go'rkov ketmonni chalar.

Mol topmas yigit bo'lmas,
O'g'il topmas ayol bo'lmas.

Oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa,
O'n beshi — yorug'.
 
OSIYODate: Shanba, 09-Iyul-2011, 19:13 | Message # 2
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Oldirgan otasining qo'ynini axtarar.

Ot bosganni toy bosar.

Ot o'rnini toy bosar,
Ota o'rnini — o'g'il.

Otasi qulon otolmaganning
Bolasi quyon otolmas.

Otim ketsa, toycham bor,
To'nim ketsa, parcham bor.

Ochilgan — so'lar, yig'lagan — kular.

Poygachining ko'zi — g'ovda.

Puli yo'q hamyon tikar.

Suvda oqqan xasga yopishar.

Suvsaganga sarob suv bo'lib ko'rinar.

Suvsoqning o'yi — suvda.

Talabli erga nur yog'ar.

Tirmashgan tog'dan oshar.

Tilak bo'lsa, bilak chidaydi.

Tuya hammomni havas qilar.

Tuqqan tuqqandan umid qilar.

Uyida yo'q go'jalik,
Ko'ngli tilar xo'jalik.

Umid o'rga tortar,
Umidsizlik — go'rga.

Umid qildim — yetdim,
Noumid bo'ldim — yiqildim.

Umidi yo'qning imoni yo'q.

Umidingni uzma,
Ko'nglingni buzma.

Umidli — dunyo,
Umidsiz — shayton.
 
OSIYODate: Shanba, 09-Iyul-2011, 19:14 | Message # 3
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


Umidli ish umidsiz bo'lmas.

Umidsizlik uyin buzsang,
Umidingga yetarsan.

Xotini o'lgan qizli ovulga qarab yig'lar.

Chiqmagan jondan umid.

Cho'kayotgan cho'pga yopishar,

Egachim elakli bo'ldi,
Elagi tilakli bo'ldi.

Er yigitning ko'nglida
Egarlangan ot yotar.

Eshak oyog'i ostini ko'zlar,
Ot olti oylik yo'lni izlar.

Eshak minib tuyoq tagini ko'rma,
Tuya minib olis-olisni ko'zla.

Yaxshi niyat — yarim davlat.

O'zim pasmanda bo'lsam ham,
Ko'nglim — osmonda.

O'limni o'ylagan uy qurmas.

Qanoti siniq musicha ham baland uya orzusida.

Qiz ko'ngli — qizigan tandir.

Qizli uyga otliqlar kulib boqar,
Tuyalilar — bukilib.

Qizli uyga qirq ot bog'lanar.

Qizli uyni shoh ham so'ratadi, gado ham.

Qizni kim so'ramas,
Qimizni kim ichmas.

Qora sigir tushida kunjara ko'ribdi.

Quyosh botsa, yana chiqar.

Qulga qochmoq bir armon.

Qulning maqsadi — qochmoq,
Cho'rining maqsadi — ko'chmoq.

G'aribning ko'ngli — tangrining uyi.

G'ozning o'zi — cho'lda, ko'zi — ko'lda.

Havas bo'lsa, anqoning tuxumi ham topilar.

Havas qilsang, yetasan.

Har yerda elak bor,
Elakda tilak bor.

Har kimning bir o'yi bor,
Xayolida ming qo'yi bor.

Har kimning niyati — o'z yo'ldoshi.

Har kimning har dardi bor,
Kal qizning er dardi bor.

Har ko'ngilda bir gavhar.
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: