|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
7162
Holati:
|
Umid va umidsizlik haqida maqollar
Axtargan topar.
Bir qiz erga tegsa, Qirq qiz tush ko'rar.
Birni bergan yuzni ham berar.
Birni eksang, o'nni olasan.
Bu yil izi bo'lsa, Kelar yil o'zi bo'lar.
Bugun — yupun, ertaga — butun.
Buxoro uzoq bo'lsa ham, poygohi yaqin.
Vodiy suvi kechiksiz bo'lmas.
Gado bir kechada necha boyir.
Dard bergan darmonini ham berar.
Dard — boshqa, ajal — boshqa.
Daryo baliqsiz bo'lmas, Tog' — kiyiksiz.
Yeding, o'laman dema.
Yov ketsa, yovon ochilar.
Yozga chiqsang, jon o'lmas.
Yomon kun yaxshi bo'lar, Yomon odam yaxshi bo'lmas.
Yomon kun yaxshi bo'lar, Uyalmagan — baxshi.
Yotib qolguncha, otib qol. Joni borning umidi bor.
Ikki orzu bir topilmas.
Kuldan tepa bo'lmas, Qumdan — qo'rg'on.
Ko'rning tilagi — ikki ko'zi.
Mozorga o'lik kelmasa, Go'rkov ketmonni chalar.
Mol topmas yigit bo'lmas, O'g'il topmas ayol bo'lmas.
Oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, O'n beshi — yorug'.
|