RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Yil fasllari va tabiat hodisalari haqida maqollar
OSIYODate: Juma, 08-Iyul-2011, 20:05 | Message # 1
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Yil fasllari va tabiat hodisalari haqida maqollar

Aziz bo'lmay, maziz bo'lmas.

Aziz momo olti kun,
Qahri kelsa — yetti kun.

Aziz momo olti kun,
Qaltirasa — qatti kun,
Sakransa — sakkiz kun,
To'qransa — to'qqiz kun,
O'qransa — o'n kun.

Aziz aqchasiz ketmas,
Qizlar — bo'g'chasiz.

Asad yo rasad, yo narasad.

Asad kirsa, suv oqarar.

Asad — rasamat.

Asad suvi — asal suvi.

Asad, ekinlarni yasat.

Asad, g'o'zangni yasat.

Asadda oralab ye,
Sunbulada — saralab.

Ayamajuz olti kun,
Olti oy qishdan qattiq kun.

Aqrab kelar hayqirib,
Bola-chaqasini chaqirib.

Aqrab keldi aqirib,
Sovuqlarni chaqirib.

Aqrabda jo'xorini sovuq urmasa,
Oxiratda ham urmas.

Ahman-dahman olti kun,
Qahriga olsa qatti kun.

Ahman muzi dahmonday bo'lsa ham, qo'rqma,
Kuzning muzi ko'zguday bo'lsa ham, qo'rq.

Bars yili — boylik,
Quyon yili — qahatchilik.

Dalv kirdi — davr kirdi.

Dalv kirdi, ekinlarga davr kirdi.

Daroyi ola bo'ldi,
Daryo bir balo bo'ldi.

Yoz — yozil, qish — qisil.

Yoz yomg'iri yondan o'tar,
Qish yomg'iri — jondan.

Yoz yomg'iri — ilon bilan chayon.

Yoz kuyungan, qish suyunar.

Yoz mevasi — qish xazinasi.

Yoz qoqisi — qishga dori.

Yoz harakati — soz harakat.

Yozgi harakat — kuzgi barakat.
 
OSIYODate: Juma, 08-Iyul-2011, 20:06 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


Yozda boshi pishmaganning,
Qishda oshi pishmas.

Yozda jarohat ko'rsang,
Qishda rohat ko'rasan.

Yozning gilami — keng.

Yozda xotin quturadi,
Qishda — burun.

Yozning yozig'i — qishning ozig'i.

Yozning yomg'iridan qo'rq,
Qishning — qirovidan.

Yozning kuni — yuz turli,
Qishning kuni — qirq turli.

Yozning yuvindisi — qishga osh-qatiq.

Yolqitsa ham, yog' yaxshi,
Yondirsa ham, yoz yaxshi.

Yomg'ir — ekinning joni.

Javzodagi yomg'irdan ilon yog'sa yaxshi.

Javzoning yarmida suv tagida arpa pishar.

Jul keldi — hamal keldi.

Juma yog'sa, shanba tinar,
Shanba tinmasa, qachon tinar.

Ilib-ilib, yoz bo'lar,
Sovib-sovib, qish bo'lar.

It yili eksang,
To'ng'iz yili o'rasan.

Yil yaxshi kelsa, arqar ketmas.

Yilning yaxshi kelishi bahordan ma'lum.

Kuzgi qatiq kuyovga bergisiz.

Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar.

Kun g'amini sahar ye,
Yil g'amini bahor ye.

Laylak kelmay, yoz bo'lmas,
Qirg'iyak chopmay, kuz bo'lmas.

Laylak kelsa — yorug' yoz,
Turna kelsa — tunuq yoz.

Mizon chiqib, aqrab kirsa — qish.

Navro'zdan so'ng qish bo'lmas,
Mizondan so'ng yoz bo'lmas.

Oz bo'lmay, yoz bo'lmas,
Yoz bo'lmay, maz bo'lmas.

Oy boshida kun yo tuzalar, yo buzilar.

Oy chalqancha tug'sa, oy bo'yi ayoz.

Oy o'tovlasa, oylik g'amingni ye,
Kun o'tovlasa, kunlik g'amingni ye.

Oy qulansa, oyog'ingni uzat,
Kun qulansa, kuragingni tuzat.

Oyning beshidan qo'rqma, boshidan qo'rq.
 
OSIYODate: Juma, 08-Iyul-2011, 20:10 | Message # 3
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


Oqpon-oqpon olti kun,
Oy-hoy sening qotuving.

O'lchab osgan etingga
Qo'noq kelsa, qattiq kun.

Oqponda ot odimiday kun uzayar.

Payti kelsa, daraxt gullar.

Payshanbaning kelishi chorshanbadan belgili.

Savr bo'lmay, sayron bo'lmas,
Sayron bo'lmay, ayron bo'lmas.

Savr degan sonli qish,
Men javzongdan qo'rqaman.

Savr yomg'iri — sari oltin.

Savr kelsa, muz turmas,
Quda kelsa, qiz turmas.

Savr kirdi — ekinlarga davr kirdi.

Savr oyi — davr oyi.

Savrning sanog'ida qishning yog'ini bor.

Saraton — sara ekish,
Qolaversa — tariq ekish.

Saratonda suv qo'y,
Asadda tek qo'y.

Saratonning o'ni — tegirmonning do'li.

Safar oyi — xatar oyi.

Savalab yoqqan yomg'ir yomon,
Maydalab yoqqan qor yomon.

Sovuq oyoqdan urar,
Issiq — boshdan.

Soyda yotma, sel olar,
Qirda yotma, yel olar.

Sigir yili — to'qlik,
Qo'y yili — yo'qlik.

Sumbula tug'ar sumpayib,
Ot semirar qampayib.

Sumbula tug'sa, suv sovir,
Tarozi tug'sa, tong sovir.

Sumbulada suv soviydi,
Mizonda — kun.

Sumbulaning suvi tiniq, o'zi sovuq.

Sumbulaning suvi — sharob.

Sumbulaning tuqqanini suv bilar.

Toza havo — dardga davo.

Toqqa yog'sa, cho'l obod,
Cho'lga yog'sa, el obod.

Toqqa qalin qor tushgani —
Yerning qonib suv ichgani.

Tog' havosi — dard davosi.

To'qson kirsa, to'rg'ay odimicha kun uzayar.

To'qson to'lmay, yoz chiqmas.

Chilla kirsa — chil oyog'i.

Chilla suvi — tilla suvi.

Chilla qori — yerning qoni.

Chillaga chillaki chidamas.

Chillada sug'orilgan bog',
Chil botmon uzum berar.
 
OSIYODate: Juma, 08-Iyul-2011, 20:11 | Message # 4
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


Shanbada bichma, jumada ko'chma.

Er tug'ilsa — elning baxti,
Yomg'ir yog'sa — yerning baxti.

Ertalabki tuman ochar,
Kechki tuman yopar.

Yantoq gullasa, chilgi pishar.

Yaxshi yil bahoridan ma'lum,
Yaxshi kun — saharidan.

Yaxshi kelsa — hut,
Yomon kelsa — yut.

Yaxshi kelsa hut —
Kadi-kadi sut.

Yomon kelsa hut —
Qaqshab qolgan put.

Yaxshi kelsa hutni ko'ring,
Xurma-xurma sutni ko'ring.

Yomon kelsa, hutni ko'ring,
Serrayib yotgan putni ko'ring.

Qavs suvi — jon suvi.

Qantar ovsa, qalt etar,
Dehqonning ko'zi yalt etar.

Qantar ovsa, qoziqning boshida qor turmas.

Qantarda qarg'a odimiday kun uzayar.

Qarg'a ketmay, qor ketmas,
Turna kelmay, muz ketmas.

Qarg'a qag'illasa, qishni chaqirar,
G'oz g'ag'alasa — yozni.

Qirqkuyak keldi — kuz keldi.

Qirqkuyakda qindagi ham pishar.

Qirqkuyakda qirq tomguncha,
Mizonda bir tomsin.

Qish — oladan, yoz — moladan.
Qish — sertashvish.

Qish o'ldirma, yoz o'ldir,
Och o'ldirma, to'q o'ldir.

Qish o'tar, qoralik qarg'aga qolar.

Qish o'chog'i tor,
Tur, uyingga bor.

Qish qattiq kelsa — it yili.

Qish qilig'ini qilmay qo'ymas,
Yoz yo'rig'ini yo'ymay qo'ymas.

Qish — qisilmoq, yoz — yozilmoq.

Qish qishligini qilmasa,
Yoz yozligini qilmas.

Qish qo'nog'i — o't.

Qishning bir kuni qolsa qo'rq.

Qishning kuni qirq turli,
Qirqovi ham qiliqli.

Qishning sovug'ida to'ngandan,
Yozning issig'ida o'lgan yaxshi.

Qishning qahri — kuzga baraka.

Qishning qori — yozga dori.

Qor yog'di — don yog'di,
Yomg'ir yog'di — osh yog'di.
 
OSIYODate: Juma, 08-Iyul-2011, 20:11 | Message # 5
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Qor — osh bilan non.

Qora bulutdan tiniq suv tomar.

Qorachaning qori turmas.

Quyon yili yut bo'lar.

Quruq ayoz — tilsiz yov.

G'oz kelgani — yoz kelgani.

Hamal kirdi — amal kirdi.

Hulkar tug'di — o't tug'di.

Hulkarli oyning bari qish.

Hut kirdi, dehqonning ketiga quit kirdi.

Hut kirdi, yer ostiga dud kirdi.

Hut suviga ho'kizingni sug'orma.

Hut — yut.

Hutda mol to'ymasa, odam to'ymas.
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: