|
Boshqa dindagi bayramlar
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:45:18 AM | Message # 76 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:46:11 AM | Message # 77 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:46:59 AM | Message # 78 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:49:24 AM | Message # 79 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| Yangi Yil bayrami insoniyatning eng qadimgi bayramlaridan biri boʻlib, qadimgi Bobil va qadimgi Misrda eramizdan avvalgi 3000 yillikda birinchi marta nishonlanishni boshlagan. Garchi Yangi Yil sanalari maʼlum sivilizatsiyalar va madaniyatlarda turlicha nishonlangan boʻlishiga qaramasdan bayramning tub mohiyati bir hilligicha qolib kelgan, yaʼni Yangi Yil bu yangilanish, yangi maqsadlar va oʻtgan yilda qilingan ishlar yuzasidan ijobiy tahlil qilishga asoslangan. Masalan qadimgi Misrda Yangi Yil bayrami Nil daryosining eng toʻlib toshgan davriga, yaʼni Sentyabr oylariga toʻgʻri kelgan boʻlib, misrliklar uchun bu davr dexqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi hisoblanib, Ra xudosi sharafiga bayram oʻtkizilib qurbonliklar qilingan. Bobilda yangi yil bahorning birinchi oyidagi yangi oyning tugʻilishi davriga toʻgʻri kelib dexqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi boʻlib, yangi yilda dexqonchilikni moʻl koʻl boʻlishini soʻrab mabudlar sharafiga qurbonliklar qilinib bayram qilingan. Bizning qadimgi Oʻrta Osiyoda yangi yil Zardushtiylik udumlariga koʻra bahorning dastlabki oylarida nishonlangan boʻlib, koʻkalamzorlikning kelishi va tabiatning uygʻonishi sifatida nishonlangan. Biz hozirgi kunda nishonlaydigan Navroʻz bayramimiz ana shu Zardoʻshtiylardan qolgan urf-odatlarning mevasidir va uni hozirgi dinimiz Islomga umuman aloqadorligi yoʻqdir. Undan tashqari barcha davrlarda Yangi Yil bayrami turli hil dinlarga bogʻliq holda nishonlanishiga qaramasdan, bu bayram tub maʼnosi jihatidan DINIY bayram emas, koʻproq IJTIMOIY bayram sifatida nishonlangan.[1]
Tarixda birinchi mata rasmiy jihatdan Yangi Yil bayrami qadimgi Rim imperiyasida Yuliy Sezar tomonidan er.avv. 46-yilda taʼsis etilgan boʻlib u 1 Yanvar deb eʼlon qilingan. Bu bayramga asos qilinib qadimgi Rimdagi xudolardan biri Janus xudosi olingan boʻlib, u yangi yilning boshi va eski yilning ohirida tugʻilganligi aytiladi. Uning yuzi ikki tomonlama boʻlib, bir yuzi eski yilga, ikkinchi yuzi yangi yilga qaratilgan boʻlgan. 1-yanvar kuni qadimgi Rimda katta bayram tashkil etilgan boʻlib Janus xudosi sharafiga turli hil sovgʻa salomlar ulashilgan. Lekin shu oʻrinda bir narsani taʼkidlab oʻtish lozim Rimliklar kalendari boʻyicha Yanvar oyi hozirgi dunyoda ishlatiladigan Grigorian kalendarining mart oyiga toʻgʻri kelgan.
Rim imperiyasining qulashi va Xristianizmning keng tarqalishi bilan Yangi Yil bayramini nishonlash har bir mamlakatda turlicha yoʻnalish oladi. Masalan Angliyada yangi yil aprel oyida nishonlansa, Fransiyada bu sana Paxsa bayrami haftasining birinchi kuniga toʻgʻri keladi, Xitoyliklarda 20-yanvar va 18-fevral oraligʻida har yilgi kalendarning oʻzgarishiga qarab oʻzgargan, Provaslav cherkovidagi xalqlarda (jumladan Ruslarda) yangi yil 13-yanvar atrofida nishonlangan, Italiyada esa Yangi Yil Iso alayhsalomni tugʻilgan kuni 25-dekabrda nishonlangan. Bu bayram xar bir xalqning iqlimi, hayot tarzi va jamiyatining rivojlanishiga qarab oʻzgargan. Oʻrta Osiyo va Yaqin sharqda bu bayram asosan bahorda nishonlangan boʻlib, keyinchalik Islomning kirib kelishi bilan koʻpchilik xalqlar bu bayramni nishonlashdan voz kechishgan, Oʻrta Osiyo, Eron va boshqa Navroʻz bayramini nishonlovchi xalqlar bundan mustasno.
Islom dinida ham Yangi Yil mavjud boʻlib u 15-16 iyul oylariga toʻgʻri kelib, Muharram deb ataladi. Aynan 622-yil 15 yoki 16 iyuldan boshlab Musulmonlar uchun Hijriy yil boshlangan hisoblanadi. Lekin bu sanalarning Islomda bayram sifatida oʻtkazilishi hamon bahsli boʻlib qolmoqda. Shia mazhabidagilar uchun bu sana muqaddas hisoblansa, Sunniylarda bu sanani bayram sifatida nishonlash bidat sifatida qaraladi. Lekin u ikkita mazhabdagi turli diniy yoʻnalishlarga qarab oʻzgarishi mumkin. Shuningdek Islom dini boshqa sivilizatsiyalar mahsuli boʻlgan barcha Yangi Yil bayramlarini (1-yanvar, 21-mart, Xitoy yangi yili, Iso alayhsalom tugʻilgan kuni) qatiyan rad qiladi.
1582-yilda Papa Grigorian, eski Yuliy kalendaridagi xatolarni tuzatuvchi yangi kalendarni taklif qiladi, unga koʻra yil boshi 25-dekabrda emas, balki 1-yanvarda boshlanishi nazarda tutiladi. Lekin bu kunni bayram sifatida nishonlash haqida Grigorianning tavsiyalari umuman yoʻq, bu kalendar faqatgina Yuliy kalendaridagi xatoliklarni tuzatish uchungina taqdim qilingan, lekin Xristianlarning eng asosiy bayrami 25-dekabrligicha qoldirilgan. Lekin asta sekinlik bilan Yevropada uygʻonish davrining ohirlariga kelib Cherkovdan ajralish yaqqol sezila boshladi. Mamlakatlardagi inqiloblarning boshlanishi bilan Katolik cherkovining obroʻsi yemirilib, davlatlarning ichki siyosatiga taʼsirini deyarli yoʻqotdi. XIX-asrning ohiri va XX-asrning boshlarida butun Yevropa davlatlari dunyoviy davlatlarga aylanib boʻldi. Undan tashqari Protestanizmning keng miqyosda yoyilishi bilan Katolik cherkovi butunlay nazoratni qoʻldan chiqarib qoʻydi. XX-asrning boshlaridan boshlab Yangi Yil bayrami nishonlanishi keng tarqaldi va Katolik cherkoviga qarama qarshi ravishda Iso masihning tugʻilgan kuni boʻlmish (rojdestvo) 25-dekabrga raqobatchi bayram sifatida 1-yanvar, Yangi Yil bayrami paydo boʻldi. Oʻrta Osiyoda Yangi Yil (Navroʻz) har doim ham nishonlanib kelgan. Yangi Yilning bizning madaniyatimizga kirib kelishi Chor Rossiyasi bilan emas balki Sovet Ittifoqi bilan bogʻliqdir. Garchi 1-yanvar yilning birinchi kuni sifatida 1699-yilda Yevropaga hayrihohlik munosabatida boʻlgan Pyotr I tomonidan tayinlangan boʻlsada u Rus Imperiyasida eng katta bayramlar sirasiga kirishga ulgurmagan edi. Keyinchalik Sovet Ittifoqi davriga kelib Yangi Yil ommaviy ravishda nishonlana boshlandi.
Hozirgi kunda 1-yanvar dunyoviy bayram boʻlib, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida eng asosiy bayram sifatida nishonlanadi, diniy qonunlarga asoslanib qurilgan jamiyatlar bundan mustasno.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:49:52 AM | Message # 80 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:50:09 AM | Message # 81 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:50:22 AM | Message # 82 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:52:22 AM | Message # 83 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:52:37 AM | Message # 84 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:52:56 AM | Message # 85 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:53:15 AM | Message # 86 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:53:34 AM | Message # 87 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 10:54:48 AM | Message # 88 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 11:05:32 AM | Message # 89 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| valentin kuni «Valentin kuni» nomi bilan kirib kelgan bu «bayram» ham aslida missionerlarning nayranglaridan biri hisoblanadi. Chunki millatni buzish, mamlakatni tanazzul eshigiga olib kelishning eng mashhur yo‘li - uning yoshlarini zaharlash.
Odam zoti qiziq-da, bir yangilik ko‘rdimi, uning ortidan bir ergashib ko‘rishi kerak. Yaqin-yaqinda yurtimizda 14 fevral umuman boshqa bayram sifatida nishonlanar edi. Bu kunda Mirzo Bobur tavallud topganligi milliy g‘urur sifatida e'tirof etila boshladi. Xo‘p, bunisiga-ku, chidasa bo‘lar, ammo oxirgi «variant» - «sevishganlar kuni»ga nima deysiz? Tag‘in, uning jarangdor nomi ham bor - Valentin kuni!
Ba'zilar bizning bu so‘zlarimizga qarshi chiqishlari mumkin: «Yo‘g‘e, hali butun boshli xalq qabul qilmagan narsani unga tirkab qo‘yish yaxshimas», deb. Biz ham bu e'tiroz rost bo‘lsa qaniydi, deymiz. Ammo voqe'likda bunday emasligi kundek ravshan-da!
Ishonmagan odam bo‘lsa, marhamat, 14 fevral kuni mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bir qator radiokanallarni tinglab ko‘rishsin. Telefon qo‘ng‘iroqlarining 98 foizi tarixi ko‘pchilikka ma'lum bo‘lmagan «Valentin kuni» xususida. Yigit-qizlar bir-birini tabriklagan, bugun bizning kunimiz ekan, deb, ota-onalari eshitsa yoqa ushlaydigan «sevgi izhorlar»ni efir to‘lqinlari vositasida yetkazib olishadi.
«Bu kun o‘zi qanday kun, nega dabdurustdan kelib qoldi, balki uning ortida katta falokatlar kelayotgandir?» degan savolni beradigan saviyali yoshlar kamdan-kam topiladi. Hamma yangi «bayram» paydo bo‘lib qolganidan boshlari osmonda...
Tarix sahifalariningxira tortgan hoshiyalarida Valentin degan shaxs haqida aniq-tiniq ma'lumotlar yo‘q. Lekin, nasroniy diniga mansub tarixshunoslarning qayd etishlaricha, bu inson o‘z zamonasida sevishganlarni bir-biriga uchrashtirib qo‘yish bo‘yicha «mutaxassis» bo‘lgan. Taxminan eramizdan uch asr oldin Rimda joylashgan Tern shahrida tug‘ilgan bu inson aslida rohib bo‘lgan va keyinchalik o‘z kasbiga hilof ish qilib, «muhabbat maktublari»ni bitish yo‘liga o‘tib ketgan. Valentinning hayot yo‘li Rim imperatori Klavdiya II davriga to‘qnash kelib qoldi. Qonli urushlar rejasini tuzgan sulton o‘z askarlarini jangda holdan toymasliklari uchun g‘alati qaror qabul qilgan edi: «Birontang uylanmaysan, qizlar bilan uchrashmaysan!!!»
Valentin bu qarorga birinchilardan bo‘lib qarshi chiqdi va imperator tomonidan qamalganidan so‘ng ham, turli maktublarni zindon qa'ridan chiqarishda bardavom bo‘ldi. Oxiri uni qatl etishdi. Turli rivoyatlarga ko‘ra, yosh rohib zindon xo‘jayinining ko‘zi ojiz qiziga muhabbati tushib qolgan. O'limidan bir kun oldin, ya'ni 13 fevral kuni uning ko‘zlarini tib yo‘li bilan davolagan.
Xullas, Valentin degan shaxs nasroniylar olamida «Muhabbat qurboni» deb ta'riflanadi. Ammo Rim imperatori o‘sha davrlarda provaslavlarga qarshi muxorabalar maydonini tashkil etgani bois, slavyanlar Valentin degan shaxsni e'tiborga olishmaydi. Qisqa qilib aytganda, MDH davlatlarining xristianlari («Valentin kuni»ni bayram qilib nishonlashmaydi.
... Mana shu nuqtada o‘ta alam qiladigan jihatbor. Yoshlarimiz o‘zlariga bayram qilib olgan kun aslida diniy urf, boshqa bir millat va boshqa e'tiqod vakillarining ayyomi. Demak, bu narsa bilan hazillashmaslik lozim. Payg‘ambarimiz o‘z hadisi shariflarida kim qaysi qavmga taqlid qilsa, o‘sha qavmdan bo‘lib qolishi xususida ogohlantirganlar.
Valentin degan shaxsning tarixda qanday inson bo‘lganligi haqiqatini Alloh biladi. Biz bugun u inson haqida gapirmoqchi emasmiz. Balki, o‘zimizning holatimiz haqimizda so‘z yurityapmiz. «Valentin kuni» nomi bilan kirib kelgan bu «bayram» ham aslida missionerlarning nayranglaridan biri hisoblanadi. Chunki millatni buzish, mamlakatni tanazzul eshigiga olib kelishning eng mashhur yo‘li - uning yoshlarini zaharlash. Boshqa mafkura, o‘zga e'tiqod va botil bayramlar orqali hissiyotga ergashuvchan yoshlarni o‘z yo‘liga burish maqsadi aynan 14 fevral bilan bog‘liqdir. Chunki bu kun ruslardan kirib kelgan, desak, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Yuqorida aytib o‘tdik, provaslavlar uchun Valentin hech kim emas. «Valentin» degan rohib ostida yurtimizga kirib kelgan nayrangbozlar hamma tomonni chiroyli so‘zlar bilan to‘ldirib tashlashdi.
«Biz mehrga tashna kishilarmiz!», «Xudovand hammani yaxshi ko‘radi, biz ham sizni sevamiz!», «Bir-birimizni chin dildan sevsak, Xudo ham bizni sevadi!» degan ko‘rinishidan chiroyli, ammo tagida jiddiy maqsadlar yashiringan shiorlar yosh avlod ichida keng suratda tarqatildi. Bayramlarning nomini «muhabbat» atalmish nozik tuyg‘uga hamohang tarzda yangrashi esa, aqldan ko‘ra hissiyotni ustun sanaydigan avlodni sarosimaga solib qo‘ydi. Natijada, missionerlar, yana bir bora qaytarib aytamiz, nasroniylar emas, balki missionerlar 14 fevralga jiddiy hujum uyushtirishdi. Bu hujumlar alal oqibat kurtak ochdi, Uzbekistonda faoliyat olib borayotgan radiokanallarda bu o‘z aksini topdi.
Yurt taraqqiyoti uchun bel bog‘lagan har qanday inson bir ishga qo‘l urishdan oldin, yaxshilab o‘ylaydi: Bu ish menga foyda bersa ham, yurtimga zarar berib qolmasmikan?!
Biz mana shu savolni «Valentin kuni»ning targ‘ibotchisiga aylanib qolgan hamkasblarimizga bermoqchimiz. Bugun ko‘zimizni ochmasak, ertaga kech bo‘ladi. Kelajak avlod biz haqda o‘qiganda, yo eshitganda, nayrangbozlar yo‘liga xizmat qilgan nobakorlar safida tilga olmasin. Bolalariga «amerikancha» hayotni o‘rgatgan betayinlar, deb o‘qimasin. Balki, hammamizga biz haqimizda bemalol «millat fidokorlari» degan ta'rifni bera oladigan buyuk kelajakni qoldirish nasib etsin!!
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|
| Solih_96 | Date: Juma, 13/11/01, 11:08:48 AM | Message # 90 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| O'zbekistonda Valentin kuniga bag'ishlangan barcha konsertlar va tadbirlar bekor qilish haqida buyruq qabul qilindi. Bundan tashqari barcha taniqli qo'shiqchilarga Valentin kuniga bag'ishlangan konsert va tadbirlarga qatnashish ta'qiqlap qo'yildi. Bundan tashqari barcha OAV ( Ommaviy Axborot Vositalari ) da Valentin kuniga bag'ishlan ko'rsatuvlarni efirga qo'ymaslik maslahat berildi. Buning asosiy sababi qilib bu bayram Islom dini bayrami emasligi ko'rsatildi.
Ochig'i ushbu Qarordan judayam Xursand bo'ldim. Yaqin yaqingacha 14-fevral Yurtimizda ulug' inson shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining tug'ilgan kuni sifatida eslanardi. Keyinchalik har har zamonda bu sanani " Sevgi kuni " deb nomlay boshlashdi. Ko'rishdiki,hech kim indamadi.keng jamoatchilik bu narsaga loqaydroq munosabatda bo'ldi. Endi, baralla har turli restoranlar,mehmonxonalardagi katta katta davralarda,hattoki,katta konsert zallarida nishonlaydigan bo'lishdi. Televideniye,radio va gazetalarda bir birini tabriklawib, " Sevgi isxorlari" junatadigan bo'lishdi. Kimlardur aynan shu kuni " Visol " oqshomi belgilaydigan bo'lishdi. Ko'pchik Yevropa davlatlarida,xususan, Rossiyada bu sanani rasman " Sevgi kuni"deb e'lon qilmagan bo'lishsada ,buzuqchilikni kasb qilib olgan tadbirkorlar wu kunni namoyishkorona nishonlashib, mo'maygina pul ishlap olishadi,ommaviy axborot vositalari orqali juda köp behayolik va faxshni targ'ib qilishadi, shu kuni ko'pgina "sho'ring qurg'ur " soddalar aldanib,badnom bo'lib qolishadi. Bu botil va sharmandalik kunining kelib chiqishi eramizdan oldingi davrlardagi qadimgi RIMga borib taqaladi. Shu kuni Rimliklarda erkak va ayollarning juda ko'pchiligi ko'chalarda qip yalang'och yurishib,bir birlari b.n xursandchilik qilishgan. Bu namoyishkorona behayolikning asl sababi mana bunday bölgan: o'sha davrlarda Rimda yosh bolalar o'limi köpayib,ayollarning tug'ishi kamayib ketgan,bolasi yöq ayollar befoyda,yomon ayol hisoblanib qolgan,mamlakatning kelajagi odamlarni tashvishga solgan ekan. Qaysidur donishmand bu masalani yechimi sifatida 14 fevral kuni muhabbat xudosi (!?) JUNA FEBRUATA va xudo ( !?) FAVN.larning nomiga echki qurbonlik qilish,bu echkining terisidan tasma tayyorlab olgan erkaklar ko'chada yap-yalang'och yurishib,ko'zlariga ko'ringan ayollani urishlari,bu ayollar ham öz ixtiyorlari b.n tasma zarbini qabul qilishlari lozimligini aytadi. Va shunday qilishadi....!!! ( Astag'furillah, naqadar tubanlik. ) ayollar ham xursandchiliklarini oshkor qilish maqsadida kiyimlarini yechib, O'zlarini erkaklarning izmiga topwiradilar.
Avvalda bu marosim Luperkaliy kuni deb atalgan. Bu marosim keyinchalik " Valentin kuni " nomini olishining ham öz tarixi bor. Qadimgi Rim imperatori KLAVDIY II özi olib borayotgan urush tugaguncha qo'l ostidagi jangchi va zobitlarining baquvvat bölishliklarini ta'minlash uchun mamlakatda Luperkaliy namoyishlarini töxtatishga va erkaklarning uylanmay turishlariga buyruq beradi. Cherkov xizmatchisi Avliyo VALENTIN esa sevishganlarga yordam berish maqsadida ularning juftlanishlariga yöl beradi va özi ham bitta qiz bilan sevishadi. Uning bu qilmishlari Imperatorning qulog'iga yetib borgach, Imperator Valentinni qatl qilishga buyruq beradi. Qatl 14-fevral kuni amalga oshiriladi. Shundan keyingi davrlarda Luperkaliy namoyishlarini Valentinning ismiga kinoya sifatida VALENTIN KUNI deb, ösha kuni sevgi isxori sifatida junatiladigan maktub yoki suratlarni Valentinka deb atay boshlashdi.
Demak,kelib chiqadiki,bugun " Sevgi kuni "deb axmoqchilik qilayotganlar nafaqat otameros ODOB-AXLOQLARIMIZGA qarama-qarshi ish qilishmoqda,balki bundan ikki yarim-uch ming yillar oldin yashab ketgan Rimliklar va ulardan keyingi Fosiqlarning ruhlarini shod qilishmoqda. " KIM QAYSI QAVMNI YAXSHI KO'RSA, QIYOMAT KUNI O'SHA QAVMNING SAFIDA TIRILTIRILADI" degan muborak hadisni Unutmaylik.
Ushbu kunni tarixini yozarkanman,yanayam jirkanib ketdim o'sha kunni Fosiqlaridan. Bizni Hayvondan ajratib turuvchi tösiq qani. "Bu kun nima qipti, unaqa ish qilmayapmiz,nimasi yomon"diydiganlar ham uchrar balkim. Nahot shu Jirkanch Adashganlarni Avlodi va Izdoshi bo'lib qolishdan xazar qilmasangiz. Qiyomatda qay Insonlar bilan birga tirilishingizni hozirdan tayyorlamoqdamisiz. To'g'risi bu kunga konsert berib xalqga shu kunni singdirayotgan San'atkorlardan xazar qilaman. Ular o'z xalqini Adashtirmoqda, O'zbekligini unutgan. G'arbga taqlid qilishmoqda. Axir Oriyatli O'zbekmiz. O'zligimizni yo'qotmiylik. Fisq fujur, Faxshdan O'zligimizni ximoyat etaylik Azizlar. IFFAT, Ibo Hayo ko'tarilsa qaytmiydi. Erkakmi hoh ayol,shu Iffatimizni asraylik.
E'tibor uchun TASHAKKUR...
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
| |
|
|