|
Yangilardan
Guruh:
Foydalanuvchi
Xabarlar:
12
Holati:
|
Ellikqal’a tumanining Tozabog‘ qishlog‘idagi “Istam turkman” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi turli shoxobchalar rahbarlari, tajribali dehqonlar, usta paxtakorlar ishtirokida ko‘rgazmali seminar-kengash o‘tkazildi. Tadbirda dalani ekishga tayyorlashda tuproq sharoitiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Urug‘lik sifati, ishchi kuchi va ajratilgan texnika vositalaridan samarali foydalanish borasidagi ilg‘or tajribalar xususida so‘z yuritildi. – Bu yil 11 ming 500 gektar maydonga chigit ekiladi, – deydi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olimboy Seytimbetov. – Paxta yetishtirish yuzasidan 388 fermer xo‘jaligi bilan shartnoma imzolangan. Unga muvofiq asosiy maydonlarda “Buxoro-102” navli g‘o‘za parvarishlanadi. Ekish mavsumida 400 traktor va 117 seyalkadan unumli foydalaniladi.
Jonim Sizga Fido Bo'lsin Yo Rasululloh!
|