Qur'on mo'jizalari
|
|
SANJAR80 | Дата: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:19 | Сообщение # 16 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус: 
| Hayratlanarli bir bashorat «Rum» surasining dastlabki oyatlarida vahiy qilingan bo‘lib, unda keyingi Rim imperiyasining sharqiy qismi, ya’ni katta mag‘lubiyatga uchragan Vizantiya imperiyasining tez orada g‘alaba qozonishi haqida so‘z yuritiladi. Alif, Lom, Mim. Rum (qo‘shini Fors qo‘shinidan) mag‘lub bo‘ldi eng past yerda. (Lekin) ular (ya’ni rumliklar) bu mag‘lubiyatlaridan so‘ng, (forslar ustidan) albatta, g‘alaba qilurlar uch-to‘qqiz yil ichida. Oldin ham, keyin ham ish Allohnikidir. O’sha kunda mo‘minlar shodlanurlar. («Rum» surasi, 1-4-oyatlar) Mazkur oyatlar taxminan 620-yilda, butparast forsiylar 613-614-yillarda nasroniy Vizantiyasini qattiq mag‘lubiyatga uchratgandan deyarli 7 yildan so‘ng nozil qilingan edi.
|
|
| |
SANJAR80 | Дата: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:19 | Сообщение # 17 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус: 
| Darhaqiqat, Vizantiya shunchalik katta zarar ko‘rgan ediki, uning yolg‘iz o‘zi yana g‘olib bo‘lishi u yoqda tursin, hatto omon qolishi mumkin emas edi. 613-yilda Antiohda vizantiyaliklarni mag‘lub qilgach, forsiylar Damashq, Kilikiya, Tarsus, Armaniston va Quddusni ham istilo qildilar. 614-yilda Kuddusning qo‘ldan boy berilishi vizantiyaliklar uchun ayniqsa og‘ir judolik bo‘ldi, chunki Baytul Maqdis ibodatxonasi vayron qilingan va forsiylar nasroniylikning ramzi bo‘lgan «Haqiqiy Xoch»ni qo‘lga kiritgan edilar.187
|
|
| |
SANJAR80 | Дата: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:19 | Сообщение # 18 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус: 
| Bundan tashqari, avarlar, slavyanlar va lombardlar ham Vizantiya imperiyasiga jiddiy tahdid solib turgan edi. Avarlar Konstantinopol devorlarigacha yetib kelgan edilar. Imperator Irakliy armiya xarajatlarini qoplash uchun ibodatxonalardagi oltin va kumushlarni eritib, pul yasashga farmon bergan edi. Bu ham kifoya qilmay, ko‘proq pul yasash maqsadida, bronza haykallari eritilib, quyula boshlandi. Ko‘plab hukmdorlar Irakliyga qarshi bosh ko‘targan va Vizantiya imperiyasi qulash arafasida edi.188 Avvallari Vizantiyaga qarashli bo‘lgan Mesopotamiya, Kilikiya, Falastin, Misr va Armaniston butparast forsiylar tomonidan bosib olingan edi.
|
|
| |
SANJAR80 | Дата: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:20 | Сообщение # 19 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус: 
| Uyqu paytida harakatlanishning muhimligi
|
|
| |
SANJAR80 | Дата: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:21 | Сообщение # 20 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус: 
| Uxloq bo‘lsalar-da, ularni uyg‘oq, deb o‘ylarding. Biz ularni o‘ng tomon, so‘l tomonga aylantirib turardik. Ularning iti esa, ostonada ikki old oyoqlarini uzatib yotardi. Agar ularni ko‘rib qolsangiz, dahshatga tushib, ulardan yuz o‘girib qochib ketgan bo‘lur edingiz. («Kahf» surasi, 18-oyat) Yuqoridagi oyat uch yuz yillab uyquda yotgan g‘ordagi hamrohlarni nazarda tutmoqda. Bundan tashqari, Alloh ularning tanalarini chap va o‘ng tomonga o‘girib turganini ham vahiy qiladi. Buning zamirvda yotgan buyuk donolik faqat yaqin yillar ichidagina kashf qilindi.
|
|
| |
SANJAR80 | Дата: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:21 | Сообщение # 21 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус: 
| Uzoq vaqt bir xil holatda yotadigan odamlar, ular yotadigan tomon yuzasiga tegib turgan tana qismlarida qon aylanishi qiyinchiligi, jarohatlar va qonning quyulib qolishi kabi jiddiy muammolarga duch kelishadi.177 Yuzaga keladigan jarohatlar «yotoq jarohatlari» yoki «bosim jarohatlari» sifatida ma’lum. Biror kishi uzoq vaqt qo‘zg‘almasdan yotsa, tananing o‘sha qismvdagi doimiy bosim tufayli qon tomirlari siqilib qoladi va ular umuman yopilib qolishi mumkin. Natijada, qon orqali tashiladigan kislorod va boshqa oziqlar teriga yetib bormaydi, natijada teri nobud bo‘la boshlaydi. Bu tanada jarohatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ushbu jarohatlar davolanmasa, yog‘ va mushaklar ham nobud bo‘la boshlaydi.178 Teri yoki to‘qima ostida shakllanadigan bunday jarohatlar davolanmasa, ular kattalashishi, agar ularga infektsiya tushgudek bo‘lsa, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu bosimni kamaytirish maqsadida bemorning yotgan holatini har 15 daqiqada o‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. O’zlarini qo‘zg‘ata olmaydigan bemorlarga esa maxsus qarov kerak. Ular har 2 soatda boshqa odamlar tomonidan qo‘zg‘atib turilishi lozim.179 Faqatgina so‘nggi asrda kashf qilingan bu tibbiy dalillarning Qur’onda nazarda tutilganligi undagi mo‘‘jizalardan yana biridir.
|
|
| |