Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
sher yozamiz
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 1743
Holati:
Taqdir bizni birlashtirmasa,
Men dunyodan yolg'iz o'taman.
Suratingni bag'rimga bosib,
Qabrimga ham olib ketaman.
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 1743
Holati:
Sevgimni sir saqlab sevardim sizni,
Sog'inch sinovida sinardim sizni.
Sinov sababini so'ylayin sizga,
Sevgingiz sovg'adur sevgilingizga.
DURDON foydalanuvchisining avatari
SUPER ADMINKA
Guruh: Admin yordamchisi
Xabarlar: 10166
Holati:
Titroq lablarimda nomingiz aytib,
Dunyoni unutib sizga talpindim.
Har kun ko'rmasamda ko'zlarim ochib,
Yurak-yuragimdan sizni sog'indim!
SAKINA foydalanuvchisining avatari
Guruh: IJODKOR
Xabarlar: 2614
Holati:
Bo`yga yеtgan qizning bo`ylari go`zal,
Xayollari go`zal, o`ylari go`zal.
Sal gapga arazlab, gapirmayman, dеb,
Ertasiga kulib so`ylari go`zal.

Buncha chiroylisiz, dеsangiz yеtar -
Olmaday yonog`i ollanib kеtar,
Mеhri hayajonda tovlanib kеtar,
Kamalakday rang-u ro`ylari go`zal.

Dunyo, tiniqlikni sеn undan o`rgan!
Do`sti ibo bilan suhbatlar qurgan,
Suv bahona kеlib, xayollar surgan -
O`sha anhor, soyning bo`ylari go`zal.

Ko`nglida-ku dunyo-dunyo havaslar,
Sеvsa hamki ishqin izhor qilmaslar,
Muhabbat nеligin, dеmang, bilmaslar,
Nozi ichra ko`ngil ra'ylari go`zal.

Kipriklari qoshga borib tеkkuday,
Tеgar bog`lsa qosh ham uchib kеtguday...
Illo, o`z baxtiga bo`lsa yеtguday -
Niyat qildik, o`tsin to`ylari go`zal
SAKINA foydalanuvchisining avatari
Guruh: IJODKOR
Xabarlar: 2614
Holati:
Erib ketar qalbingiz toshi
Oqar közdan ojizlik yoshi
Yetmas ekan inson bardoshi
Siz baribir sevib qolasiz.

Yurak qurg'ur topmaydi taskin
Könglingizga sevgi qurar in
Tan oling bir kunmas bir kun
Siz baribir sevib qolasiz.

Siz mag'rursiz bilaman buni
Sizni kutar baxtning butuni
Yuragiz ,,ox'' chekkan bir kuni
Siz baribir sevib qolasiz

Qalbingizni nimtalar armon
Xatto yurak topmaydi darmon
Bu aslida xudodan farmon
Siz baribir sevib qolasiz...
muhammadjon7 foydalanuvchisining avatari
Yahshi tajribali
Guruh: Foydalanuvchi
Xabarlar: 166
Holati:
Shukur deyman bu dunyoda borimga !
Shukur deyman o'zga o'zini tanitganiga !
Shukur deyman musunmon oilada dunyoga kelganimga !
Shukur deyman tanijonim sog'ligiga !
Shukur deb suyinaman muhammad ummati man !­­
Search: