THE OA — KO‘RIB BO‘LGACH HAM MIYANGIZDAN CHIQMAYDIGAN SERIAL

Tasavvur qiling: bir qiz 7 yilga g‘oyib bo‘ladi.
U yo‘qolgan paytda ko‘r edi.
Oradan yillar o‘tib qaytib keladi va...
endi ko‘ra oladi.
Lekin eng g‘alatisi bu ham emas.
U qayerda bo‘lganini deyarli hech kimga aytmaydi. Faqat bir guruh begona odamlarni yig‘ib, aql bovar qilmas hikoyani boshlaydi.
O‘limdan qaytish.
Sirli tajribalar.
Parallel olamlar.
Inson ongining chegarasi.
Va boshqa dunyoga o‘tish imkonini berishi mumkin bo‘lgan beshta g‘alati harakat...
Boshida siz ham qahramonlar kabi:
“Bu qiz rost gapiryaptimi yoki hammasini o‘ylab topganmi?”
deb shubhalanasiz.
Ammo serial davom etgan sari savol o‘zgaradi:
“Agar u rost gapirayotgan bo‘lsa-chi?”
“The OA”ning eng qiziq tomoni — u sizga tayyor javob bermaydi. Aksincha, o‘lim, ong, taqdir, sevgi va biz yashayotgan haqiqat haqida savollar tashlaydi.
Ayniqsa 2-mavsum finalida shunday burilish bo‘ladiki...
siz hozirgina ko‘rgan barcha voqealarga boshqacha qaray boshlaysiz.
Bu oddiy fantastik serial emas.
Bu — tomosha tugagandan keyin ham xayolingizda davom etadigan hikoya.
[size=16] ⭐ Uzigabek.com bahosi: 9/10
Dark, Matrix, Predestination yoki Interstellar kabi miyani ishlatadigan hikoyalarni yoqtirsangiz — “The OA”ni sinab ko‘ring.
❓ Sizningcha biz yashayotgan dunyo ham ko‘plab realliklardan bittasi bo‘lishi mumkinmi?