🤑 Trakchilar, uxlashni unuting! 23-26-iyun kunlari cho'ntakni qalinlashtiradigan vaqt keldi!
Amazon yilning eng katta savdo kunlarini (Prime Day) iyun oxiriga qo'yibdi! 4 kun davomida Amerika bo'ylab trillionlab dollar aylanadi, o'sha yuklarni tarqatish esa biz — g'ildirak ustidagi akalarning bo'ynida!
Reja qanaqa?
Trakni profilaktika qilib, moylarini almashtirib olish 🛠️
Yaxshilab uxlab, kuch yig'ish ☕
23-iyun kuni sahardan Loadboard' poylash 📲
Xullas, kim qaysi shtatda bo'ladi o'sha kunlari? Ish qizigan paytda shu mavzu tagida bir-birimizga qaysi tomonda narx yaxshi bo'layotganini aytib, "podskazka" qilib turamiz. Hammaga omad, g'ildirak doim aylansin!