Adminstrator
Guruh:
ADMINISTRATOR
Xabarlar:
7612
Holati:
|
Do'stlik va dushmanlik haqida maqollar Ablah do'st dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa, ishlatar oson.
Ajal olib kelsa yov, O'ldir, berma hech ayov.
Aybsiz do'st izlagan do'stsiz qolar.
Arpa-bug'doy bir kuningga yaraydi, Sodiq do'sting o'lguningcha yaraydi.
Ash dushman do'st bo'lmas, Qaynab qoni qo'shilmas.
Asli dushman el bo'lmas, Etakni kessang, yeng bo'lmas.
Ash dushman yon bermas, Yon qoziqdan son bermas.
Ash qora oqarmas.
Aqh ko'pni dov olmas, Do'sti ko'pni yov olmas.
Bahq suvsiz yashamas, Inson — do'stsiz.
Bilagi alp birni yiqar, Do'sti ko'p — mingni.
Bir ko'rgan — tanish, Ikki ko'rgan — bilish.
Bostirmadan ayvon yaxshi, Yomon do'stdan hayvon yaxshi.
Burgut kuchi — oyog'ida, Odamniki — do'stlikda.
Bo'rining bolasini bo'rkingda boqsang ham, El bo'lmas.
Bo'rining topgani bo'riga.
Vafoli do'st yo'lga solar, Ig'vogar do'st paydan olar.
Gadoning dushmani — gado, Shohning dushmani — shoh.
Galga solgan do'st emas.
Ginah do'st — adovatli dushman.
Davlating — do'sting.
Daraxt — ildizi bilan, Odam — do'stlari bilan.
Daraxtni tomiri saqlar, Odamni — do'sti.
Duch kelsa, dushman yer.
Dushman bitsa ham, dushmanlik bitmas.
Dushman ba'zan kuldirar, O'ng'ay topsa, o'ldirar.
Dushman do'st orasidan chiqar.
Dushman nima demas, Tushga nima kirmas.
Dushman oshingni yer, So'ngra boshingni yer.
Dushman siringni o'g'irlar, Do'st xatongni to'g'rilar.
Dushman tegi — poy, Do'st toji — sir.
Dushman terisidan do'sting uchun po'stin bich.
Dushman uyida yashagandan Do'st uyida o'lgan yaxshi.
Dushman chaqirsa borma, Do'st chaqirsa qolma.
Dushman — shod, do'st — poymol.
Dushman eshigini qoqqandan ko'ra, Do'st uyini qoqlagan yaxshi.
Dushman o'lar, do'st qolar, O'sma ketar, qosh qolar.
Dushman o'ldirib oftobga tashlar, Do'st o'ldirib — soyaga.
Dushman qo'ydi loy tuzoq, Ilinsang, bo'lding cho'loq.
Dushmanga joningni bersang ham, Siringni berma.
Dushmanga choh qaziguncha, Do'stingga uy solib ber.
Dushmanga o't ber, Do'stingga — sut.
Dushjmanimning do'sti — mening dushmanim, Dushmanimning dushmani — mening do'stim.
Dushmaningdan qo'rqma, munofiqdan qo'rq.
Dushmaningni dushman tanir.
Dushmaningni paxta bilan bo'g'izla.
Dushmaningni qarg'ama, do'stingga tegar.
Dushmaningning o'limini tilaguncha, Joningning sog'ligini tila.
Dushmanni bos, Ziyon bersa, os.
Dushmanning donidan, Do'stning somoni yaxshi.
Dushmanning sovg'asidan qo'rq.
Dushmanning suyganidan, Do'stning urgani yaxshi.
Dushmanning tashida bo'lguncha, ichida bo'l.
Dushmanning o'zi qildek, Kuchi fildek.
Do'st achitib gapirar, Dushman — kulib.
Do'st bilan sirdosh bo'l, Ishiga doim qo'ldosh bo'l.
Do'st boshga boqar, Dushman — oyoqqa.
Do'st bo'lsang, do'stingning aybini tuzat.
Do'st gilaga chopar, Dushman — hiylaga.
Do'st do'stga boqar, Suv soyga oqar.
Do'st do'stga — qalqon.
Do'st do'stni kulfatda sinar.
Do'st do'stlikda toblanar, Bilim — tortishuvda.
Do'st — do'stning oynasi.
Do'st ziyonkor bo'lmas, Ziyonkor do'st bo'lmas.
Do'st yig'latar, dushman kuldirar.
Do'st kengashda bilinar, Semiz — toboqda.
Do'st kuydirib aytar, Dushman — suydirib.
Do'st kuyunar, Dushman suyunar.
Do'st ming bo'lsa ham — oz, Dushman bir bo'lsa ham — ko'p.
Do'st oldingda gapirar, Dushman — orqangdan.
Do'st — oltining, Dushman — qotiling.
Do'st otgan tosh bosh yormas.
Do'st otini minib yur, manzilingga yetasan.
Do'st — oshkor, dushman — yashirin.
Do'st og'ir kunda bilinar.
Do'st sirini dushmandan pinhon tut.
Do'st suyganning tusiga boqma.
Do'st so'zini tashlama, Tashlab boshing qashlama.
Do'st uzoqda bo'lsa ham, ko'ngli yaqin.
Do'st — egiz, Dushman — sakkiz.
Hisobdan adashsang ham, do'stdan adashma. Hisobli do'st ayrilmas.
|