Adminstrator
Guruh:
ADMINISTRATOR
Xabarlar:
7610
Holati:
|
Sabr-qanoat va sabrsizlik haqida maqollar Azob ko'rmay, rohat yo'q.
Azobga bardosh kerak, Hamisha yo'ldosh kerak.
Arg'umoq birda yolli, birda yolsiz, Er yigit birda molli, birda molsiz.
Arg'umoqda yol yo'q deb, Yo'lga tashlab ketmanglar.
Er yigitda mol yo'q deb, Yovga tashlab ketmanglar.
Asl boylik — qanoat.
Achchiq yutish — tog' yutish.
Achchig'ing kelsa, burningni tishla.
Bardoshliga yog'lik osh, Sabrsizga osh ham tosh.
Barcha yukni ko'targan tuya Cho'michni ham ko'tarar.
«Berdi»sini aytguncha, behni bukma.
«Berdi»sini aytguncha, urib o'ldirma.
Besabrning nafsi shoshar, Tusagani kuzda pishar.
Bir achchiqning bir chuchugi bor.
Bir bo'lgan ikki bo'lmay qolmas, Ikki bo'lgan uch bo'lmay qolmas, Uch bo'lgan doim bo'lmay qolmas.
Bir yomon kunning bir yaxshi kuni bor.
Bir yomonning bir yaxshisi bor.
Bir terida qo'y necha semirib, necha ozar.
Bir qoshiq oshim — G'alvasiz boshim.
Bol bor yerda bolari bor.
Bola shoshar, Tut vaqtida pishar.
Bolta bo'lsang, ur, Kunda bo'lsang, chida.
Boriga rozi bo'l, Yo'g'iga sabr qil.
Bugungi jahlni ertaga qo'y.
Buzoqdan oldin qoziq qoqilmas.
Bo'ri oriqhgini bildirmas.
Gapning «berdi»sini eshit.
Gul tikansiz bo'lmas, Dur — sadafsiz.
Gul tikansiz bo'lmas, Safo — jafosiz.
Gul tilagan xor jafosin chekar.
Gulni sevgan tikaniga chidaydi.
Gulchi bir gulni o'stirguncha, Yuz tikan zahrini tortadi.
Yeyuviga chidasang, to'y qil, O'luviga chidasang, qo'y qil.
Jabrga sabr yo'q.
Jahl — joningga jabr.
Jahl dushmani — sabr.
Jinnining jirtakka tobi yo'q, Shogirdning — pirtakka.
Jo'jani kuzda sana.
Zamonaning zindoni ham, xandoni ham bor.
Indamasang, uyday balodan qutulasan.
Ip qancha uzun bo'lmasin, uchi topilar.
Ipakbilan boshlab, ip bilan tugatma.
Itdan och yo'q, Itdan tinch yo'q.
Kamoli imon — sabr.
Karomat bilan karam pishmas, Qanoat bilan qorin to'ymas.
Katta topganini kiyar, Kichik — suyganini.
Katta to'qoch pishguncha, Kichik to'qoch kuyibdi.
Kashta qimmat, sabr arzon.
Keyingi tuyaning yuki og'ir.
Kurash qurbonsiz bo'lmas.
Kutganga kun uzoq.
Kutganning kuni o'tmas.
Kutilgan qozon qaynamas.
Non pishguncha, kulcha kuyar.
Odamning boshi — soyning toshi.
Odob bilan baxt topilar, Sabr bilan — taxt.
Oldin angla, keyin tanla.
Ongniganni kutgan yengar.
Ot bo'lguncha, toy ham bo'lar.
Och o'zini o'tga urar.
Ochiqqan o'lmas, oshiqqan o'lar.
Oshiqmagan ovchi humo ovlar.
Oshiqmagan olisga yetar.
Och bo'lsang ham to'qday bo'l, Miltiqdan chiqqan o'qday bo'l.
Og'ir bosilguncha, yengil ko'tarilar.
Og'ir karvon og'ir ko'char.
Og'ir toshni suv eltmas.
Pish qozonim besh oy, O'tir qizim olti oy.
Podadan oldin chang ko'tarma.
Poklik sog'liqni, aql sabrni saqlar.
Rohatini ko'rgan azobiga ham chidaydi.
Sabr — achchiq, mevasi — shirin.
Sabr bilan mehnat qilgan boy bo'lar.
Sabr bilan xor guliston bo'lar, Sho'r zamin bog' bilan bo'ston bo'lar.
Sabr so'nggi — so'm oltin.
Sabr — yutuq kaliti.
Sabr tagi — rahmon, Shoshgan ishi — shayton.
Sabr tagi — sari oltin, Sabr bilan chiqar oting.
Sabr tog'ni yiqitar.
Sabr — umr xazinasi.
Sabr — shodlik kaliti.
Sabr etgan yetar murodga, Besabr qolar uyatga.
Sabr etgan — murodga yetgan.
Sabr qilgan moy oshar, Olqish olgan ko'p yashar.
Sabr qilsang, tuyaning yukini bo'ta ko'tarar.
Sabr qilsang, g'o'radan holva bitar, [/b][/size]
وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
|