• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Forum » AYOLLAR BO'LIMI » Muslimalar honasi » AXLI DO'ZAX AYOLLAR
AXLI DO'ZAX AYOLLAR
DURDONDate: Yakshanba, 12-Yan-2014, 03:08 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
AXLI DO'ZAX AYOLLAR

Hazrati Ali (r.a.) aytdilar: "Fotima
ikkimiz Rasulullohning
huzurlariga kirdik, u kishini
yig‘layotgan ekan. "Sizni nima
yig‘latdi?" deb so‘raganimizda, u
zot: "Men Isro kechasida
do‘zaxda qattiq azoblar bilan
azoblanayotgan bir necha guruh
ayollarni ko‘rdim, dedilar.

1. Bir ayolga qarasam,
sochidan osib qo‘yilgan, halqum-
dimog‘i qaynab turibdi.

2. Yana bir ayol tilidan osilib, qo‘li
orqasidan chiqarib qo‘yilgan.

3. Yana bir ayol siynasidan
osilgan va zahar-zaqqum
tomog‘idan quyilmoqda.

4.
Bir ayol oyoq-qo‘li
peshonasiga bog‘lab osib
qo‘yilgan, ilonu chayonlar chaqib
yotibdi.

5. Bir ayol o‘zining jasadini o‘zi
yemoqda, do‘zax olovi ostidan
uni kuydirmoqda.

6. Bir ayol esa o‘z jasadini olovli
qaychi bilan qirqmoqda. Yana bir
ayolni ko‘rdim, yuzi qorayib
ketgan, o‘z ichak-chavoqlarini
yemoqda.

7. Bir ayol kar, ko‘r, o‘tdan
bo‘lgan tobutda soqov holda
yotibdi, uning badani peslar va
maxovlarning badanidan ham
iflos va sassiq edi.

8. Bir ayolni ko‘rdim, boshi
cho‘chqaning boshiga, badani
eshakning badaniga o‘xshaydi,
ming xil azoblar bilan
azoblanmoqda.

9. Yana bir ayol ko‘rdim, it
suratida, ilonu chayonlar
og‘zidan kirib, orqasidan
chiqmoqda. Maloikalar uning
boshiga o‘tdan bo‘lgan gurzi
bilan urmoqdalar".

Shu vaqt Fotima sapchib
o‘rnilaridan turib: "Ey otajon! Bu
toifa ayollarning amallari qanday
bo‘lganini gapiring. Ular bu
dunyoda qanday ayollar
bo‘lgan?" dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi
vasallam): "Ey Fotima! Birinchi
toifadagi ayollar sochlarini
nomahramlardan yashirmasdan,
ochiq-sochiq qilib yurgan
ayollardir.

Ikkinchi toifa esa, erlariga tillari
bilan ozor yetkazgan ayollardir.

Uchinchi toifa erining ruxsatisiz
birovlarning go‘daklarini
emizgan ayollardir.

To‘rtinchi toifa erining ruxsatisiz
uyidan chiqqan va hayzu
nifosdan keyin g‘usl qilmaydigan
ayollardir.

Beshinchi toifa ayollar erkaklarga
o‘zini ziynatli qilib ko‘rsatgan va
g‘iybatchi xotinlardir.

Oltinchi toifa o‘zini nomahram
erkaklarga tanitgan va o‘zidagi
ziynatiga qaragan har qanday
nomahramni yaxshi ko‘rgan
ayoldir.

Yettinchi toifa namoz va ro‘za
amallariga qodir bo‘lib, lekin
biror marta tahorat qilmagan,
hayzdan poklanib boshini
sajdaga qo‘ymagan ayollardir.

Sakizinchi toifa chaqimchi va
yolg‘onchi xotinlardir.

To‘qqizinchi toifa
o‘z eriga yuzini
tirishtiradigan, g‘azab qiladigan
ayollardir",


 
Forum » AYOLLAR BO'LIMI » Muslimalar honasi » AXLI DO'ZAX AYOLLAR
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: