• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: SAKINA, DURDON  
Forum » AYOLLAR BO'LIMI » Go'zallik saloni » Kosmetika
Kosmetika
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 14:39 | Message # 1
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bu bo'limda ayollar uchun foydali kosmetik maslahatlar joylab boramiz
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 14:48 | Message # 2
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
AJIN — odatda, organizmning so’lib borayotganligidan darak beruvchi belgi. Qarish jarayonida terida bir qancha o’zgarishlar ro’y beradi. Qon va limfa aylanishining buzilishi natijasida eng avval yuz, bo’yin, qo’l panjalarining terisida shunday o’zgarishlar yuzaga keladi.

Gavda terisining ochiq joylari doim tashqi muhitning noqulay omillarn ta’sirida bo’lishi tufayli terining bu joylarini kiyim berkitib turadigan qismlariga nisbatap birmuncha tezroq ajin bosadi. Lekin ajinlar hamisha ham qarishdan darak beravermaydi. Doim peshanani tirishtirish, qoshlarni yuqoriga ko’tarish yoki qovoq solish, ko’z, lablarni qisish, og’iz burchaklarini jiyirib, engakni bo’yinga taqayverishga odatlanish ham vaqtidan ilgari ajin tushishiga olib keladi. Tashqi va ichki muhitniig noqulay omillari: quyosh, sovuq shamol va quruq havo ta’siri, shuningdek organizmning uzoq kechadigan har xil xronik kasalliklari ham ajin tushishiga sabab bo’ladi. yuz va bo’yin terisini parvarish qilish qoidalariga rioya qilinmasa, spirtli eritmalar, terini oqartiradigan mazlar ko’p ishlatilsa, surtilgan kosmetika vositalaridan terini vaqtida tozalab turilmasa ham ajinlar paydo bo’lishi mumkin. Tishlarning yo’qligi ham ajin paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi (bunda yuz mushaklari zaiflashib qolib, terisi osilib tushadi va chuqur burmalar hosil qiladi) Ko’pincha juda ozib ketish ham ajin tushishiga sabab bo’ladi.

Ajin tushishining oldini umuman salomatlikni yaxshilash, to’g’ri ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish rejimiga amal qila borish, fizkultura va sport bilan muntazam shug’ullanish, badanni oftobga me’yori bilan toblash, yuzni qattiq shamoldan ehtiyotlash zarur. Umrbod ajin tushirmaydigan kosmetika vositalari yo’q, lekin yuz, bo’yin, qo’l terisini muntazam to’g’ri parvarish qilib borish ajinlarni kamroq seziladigan qiladi. Kosmetolog vrachning tavsiyasiga binoan yuzni vaqt-vaqtida massaj qildirib turish lozim.
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 14:56 | Message # 3
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Quruq yuz terisi


Quruq yuz terisi yogli yuz terisiga qaraganda birmuncha yupqa, silliq va noziqdir.Har bir quruq yuz terisi turlicha ko'rinishga ega bo'ladi.Yoshlikda b uteri u qadar muammoli hisoblanmasada, tashqi muxit, yani shamol, sovuq, issiq,oftob nuri, turli xil parfyumeriya vositalari bunday teriga salbiy ta'sir qiladi.Bu teri vaqti-vaqti bilan namlantirib va oziqlantirib turilishi, lozim.Aks holda yuzga erta ajin tushishi, tortishib qolishi, yaliglanishi mumkin.Ertalab yuzni 1 litr suvga 1stakan sut qoshib yuvish afzal hisoblanadi.Yuz terisining xaddan tashqari qurib ketishi organizmda A,C va PP vitaminlarining etishmasi yoki jigar va oshqozon osti bezi xastaliklaridagi yog almashuvining buzlishidan darak beradi.

100 g asal bilan 1 dona limon sharbati o'zaro aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan ushbu massa toza yuzga, yupqa qatlamda surtiladi. 5-10 daqiqadan so'ng sovuq suvda yuvib tashlanadi. quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi.

6. 1 choy qoshiq asal, 2 osh qoshiq un va 1 dona tuxum oqini xamirga o'xshash holatga kelgunga qadar obdon aralashtiriladi. So'nt yuzga surtib, 15 daqiqa ushlab turiladi, keyin iliq suvda yuviladi. quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi.

7. 2 osh qoshiq spitrga 2 osh qoshiq suv qo'shib, unga 1 choy qoshiq asalni olovda bir oz isitib yaxshilab aralashtirib yuboriladi. Kechki payt 12 daqiqa yuzga surtiladi. Ushbu niqob yuzni tozalaydi, uni turli mikro-blardan dizenfeksiya qiladi va terini yumshatadi.

8. 35 g asal, 90 g arpa uni va 1 dona tuxum oqini ko'piksimon holatga keltirib, yaxshilab aralashtiriladi. So'ng teriga surtib, 15 daqiqa turadi. Ajin tushishning oldini oladi, shunyngdek, quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi.

9. 1 choy qoshiq asalni 10 ml yangi uzilgan pomidor sharbatiga aralashtirib yuboriladi. Tayyor bo'lgan ushbu vositani yuzga surtib, 30 daqiqa ushlab turiladi, So'ng suvda yuvib tashlanadi. Ajin tushishini oldini oladi, yuzdagi dog'larni ketkazadi.

10. Bir choy qoshiq miqdordan asal, gliserin va bitta tovuq tuxumini sarig'ini obdon aralashtiring. Teringizni oziqlantirish uchun surkaysiz.

11. 2 osh koshiq iliq suvda bir choy qoshiq miqdorda asalari mumini eritasiz. Bir qoshiq o'simlik moyida qizil qalampirning bir bo'lagini ezib olasiz. Ikkala aralashmani qo'shasiz va quriqshab borayotgan teriga sur-kaysiz, Teri yosharganday bo'lib ketadi.

12. Erkaklar soqollarini olgandan keyin 1 choy qoshiqdagi asalni qaynatib ilitilgan 50 ml suvda aralashtirib yuzga sepsalar teri parvarishi yaxshilanadi.

2 choy qoshiksagi asal solib tayyorlangan vannada 20 daqiqa yotib tursangiz asabiylikdan charchashdan xalos bo'lasiz, teridagi mayda ajinlar tekislanadi.
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 15:01 | Message # 4
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Ko‘z atrofidagi ajinlar va shishgan qovoqlar yostiqqa bog‘liq bo‘lishi mumkinmi? Ajinlar


Ko'z atrofidagi teri juda yupqa, mayin, quruq bo'lishga moyil bo'ladi, aynan shu bois ham ko'z atrofidagi teri kundalik nozik parvarish hamda namlantirib turishni talab etadi. Agar siz qovoq terilariga yetarlicha e'tibor qilmasangiz, unda ko'z atrofidagi ajinlar vaqtidan oldin paydo bo'lishi turgan gap. Lekin bu hali yagona muammo emas. Shishgan qovoqlar, qizargan ko'zlar, ularning ostidagi qora dog'lar bizni ajinlardan ham ko'proq tashvishga soladi. Xo'sh, bu ko'ngilsizliklardan xalos bo'lishning iloji bormi?



Kosmetologlar qovoq terisini 25 yoshdan keyin parvarish qilib borishni, agar teringiz quruq bo'lsa, 20 yoshdan boshlab parvarish qilishni maslahat berishadi. Parvarish ikkita asosiy bosqichdan iborat bo'ladi: demakiyaj, ya'ni ko'zni makiyajdan tozalash va namlantirish. Qovoq terisini tozalash ularning qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi va ajinlarning muddatidan oldin paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Ko'zni makiyajdan tozalash uchun pardoz suti yoki quyuq va yog'li teksturaga ega pardoz qaymog'idan foydalangan ma'qul.



Quruq teri uchun aloe vera, kalendula va mavrak (shalfey)li pardoz suti tavsiya etiladi. Ta'sirchan ko'zlar uchun bo'tako'z (vasilyok) ekstrakti qo'shilgan vosita juda mos keladi. U shishlar, qizarish va allergik qichishdan xalos qiladi. Shuningdek, undan charchoq ko'zlar uchun kompress sifatida ham foydalanish mumkin.



Bir marta ishlatiladigan tozalovchi salfetkalar - demakiyaj uchun pardoz sutining ajoyib muqobili hisoblanadi. Kosmetologlar ularni hatto juda ta'sirchan terida ham yoki linza taqsangiz ham tavsiya etishadi. Salfetkalar gipoallergen bo'lib, bioproteinlar va E vitamini bilan namlantirilgan. Shunday ekan, siz nafaqat teringizni tozalaysiz, balki bir paytning o'zida uni namlantirasiz ham.



Xuddi yuz uchun tonik yoki krem kabi demakiyaj uchun universal vositadan foydalanish ko'pgina ayollarning eng katta xatosi hisoblanadi. Kechqurun bunday vositadan foylanasiz, ertalab esa shishgan va qizargan ko'zlarga ega bo'lishingiz mumkin. "Yuz terisi uchun foydalanadigan barcha vositalar qovoq terisiga umuman to'g'ri kelmaydi. Qovoq terisi uchun alohida pardoz vositalaringiz bo'lishi kerak, deya ta'kidlaydi "Medeya" salonida ishlovchi kosmetolog Marina Arseneva. - Muammoli teri uchun gellarni, shuningdek har qanday sovunni umuman ishlatmaslik zarur. Bunda siz nafaqat shish va allergiyani, balki ajinlarni ham orttirib olishingiz tayin".



Bundan tashqari, ko'zni makiyajdan tozalash uchun yaxshi vositani tanlabgina qolmasdan, undan to'g'ri foydalana bilish ham juda muhim. Qovoqlarga surilgan tenlar va podvodkani ko'zning ichki burchagidan tashqi burchagi tomon harakat qilgan holda tozalaymiz. Kipriklar esa, orqa-oldinga qilingan harakatlar bilan emas, balki yuqoridan pastga qarab tozalanadi. Har bir ko'z uchun alohida yangi momiqli sponj ishlatamiz. Unga tozalovchi vositani juda ko'p qo'yish shart emas, aks holda u ko'zga tushishi va uni achitishi mumkin.
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 15:07 | Message # 5
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Qovoq terisini namlantirish va oziqlantirish


Kechki parvarish. Ko'z makiyajdan tozalanganidan keyin qovoqlarga yengil nuqtali urishlar yordamida krem suramiz. Harakatlar ko'zning tashqi burchagidan burun tomonga qaratilgan bo'lishi kerak. Krem teriga uqalab singdirilmaydi, aksincha u o'zi singib ketgunga qadar kutiladi. Qovoq parvarishi uchun yengil emulsiyalarni va yog'lar asosidagi gelsimon kremlarni tanlagan ma'qul. Ular terini namlantiradi va tonusini oshiradi, ko'z atrofida joylashgan limfa tomirlarining faoliyatini yaxshilaydi.

Agar ko'z atrofida ajinlaringiz bo'lsa, unda sizga kollagen asosidagi krem kerak bo'ladi. Yoshi ulg'aygan teri uchun krem-gellarni emas, balki keksayishga qarshi, masalan revitolli yoki kamfara moyi qo'shilgan emulsiyalar va zardoblarni tanlagan yaxshiroq



Shishgan va qizargan qovoqlar



Ko'zingizdagi kosmetikani to'g'ri tozalab, qovoqlarni krem bilan oziqlantirsangiz ham, agar to'yib uxlamasangiz yoki noqulay karavotda yoki yostiqda uxlasangiz, baribir toliqqan ko'zlar va shishlardan xalos bo'lmaysiz.

Kichik tomirchalar yorilishi natijasida qizargan ko'zlar - to'yib uxlamaslikning yana bir oqibatidir. Ko'zlardagi qizarishni bartaraf etish uchun ko'zlaringizni yumgan holda ularning ustiga bodring parrakchalarini yoki qora choyga yoki moychechak, yalpiz, mavrak (shalfey) yoki jo'ka guli (lipoviy svet) damlamasiga (bir stakan qaynab turgan suvga bir osh qoshiq giyoh) namlantirib olingan momiqni qo'ying.


Gap shundaki, shishgan qovoqlar va ko'z atrofidagi ajinlar uyqu paytida boshni noto'g'ri qo'yish oqibatida ham paydo bo'ladi. Haddan tashqari baland yostiq qovoq terisidagi vena oqimini buzadi va ko'zlarning solqishiga olib keladi. Yuzni yostiqqa qo'yib yotish, ko'zlar atrofida chuqur ajinlar paydo bo'lishiga turtki bo'ladi, shu bois qorin bilan yotish tavsiya etilmaydi. Yostiq silliq hamda lateks yoki xotirali ko'pikdan tayyorlangan bo'lishi lozim. Bunday material boshingizning holatini fiksatsiya qiladi va uni eslab qoladi. Shuningdek grechka po'chog'i bilan to'ldirilgan yostiq ham ajoyib narsa hisoblanadi, lekin po'choq shiqirlagani bois, ko'pchilik bunday yostiq uxlashga xalaqit berishidan shikoyat qiladi.

Bundan tashqari, yaxshi shamollatilgan xonada, elektromagnit nurlanish manbai, ya'ni televizor, kompyuter yo'q xonada sutkasiga kamida 8 soat uxlash zarur. Karavot shimol-janub yo'nalishida turishi lozim. Tezroq uyquga ketish uchun uyqu oldidan bo'shashtiruvchi issiq vanna qabul qiling va bir stakan asalli sut iching.
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 15:23 | Message # 6
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Soch to'kilishi


Soch to’kilishi xilma-xil sabablarga bog’liq. Barvaqt sovh to’kilishi ichki sekretsiya bezlari, jigar, me’da-ichak yo’li a’zolari faoliyatining buzilishi, vitaminlar yetishmasligi yoki soch folikulalari (xaltachalari) ning tug’ma kamchiligi va hokazolarga bog’liqdir. Soch to’kilishi ko’pincha Seboreya natijasida ham soch vaqtdan ilgari to’kilishi mumkin.

Uzoq muddat gavda temperaturasi yuqori turadigan ba’zi infeksion kasalliklar (skarlatina, tiflar, gripp va boshqalar)da, og’ir operatsiyalardan so’ng ba’zida soch to’kiladi, lekin bunda sog’liq asliga qaytgach, soch to’kilishi to’xtaydi. Vaqtincha yoki doimiy soch to’kilishi boshning sochli qismi terisiga zamburug’ yuqqanligi natijasi bo’lishi ham bo’lishi mumkin, bu holda soch har joy – har joydan to’kilib ketadi.

Asabiy kechinmalar, o’ta charchash va boshqalar oqibatida ko’pincha soch uya-uya yoki dumaloq-dumaloq bo’lib to’kiladi. Bunday (ya’ni dumaloq-dumaloq bo’lib) soch to’kilishi davolansa ko’pincha to’xtaydi. Sochi to’kilayotgan kishi dermatolog yoki kosmetologga nechog’li erta borsa, davo shunchalik naf berishi mumkin.

Soch to’kilishini to’xtatishda uni to’g’ri parvarish qila boorish katta ahamiyatga ega.


Mutaxassislar fikrlari


Soch nega to‘kiladi?

Biz bu gal xuddi mana shu mavzu xususida tеri kasalliklari bоsh shifоkоri Ikrоmxоn Оbidоvning fikri bilan o’rtоqlashdik:

Sоch kasalliklari yog’ bеzlari funktsiyasining buzilishi natijasida kеlib chiqadi. Dastlab bоsh tеrisida mayda kеpakka o’xshagan tangacha - qazg’оq paydо bo’ladi, bu ko’pincha sеbоrеya kasalligida kuzatiladi. Sоch tukilib, o’rnidan yangi sоch chiqib turishining buzilishi sabablari har xil. Ba’zan sоch butunlay to’kilib, kishi kal bo’lib qоlishi yoki aksincha sоch zo’r bеrib o’sishi mumkin. Bоsh kiyimining оg’ir yoki tоr bo’lishi, uzоq vaqt parik kiyib yurish, shuningdеk, оftоbda bоshyalang yurish ham sоch to’kilishiga sabab bo’ladi. Qish kunlarida bоshyalang yurish yaramaydi, aks hоlda yuza tоmirlari qisilib sоch оziqlanishi o’zgaradi.

Qarilikda sоch to’kilishi ulg’ayish bilan tеrida yuz bеradigan o’zgarishlariga bоg’liq. Vaqtidan ilgari sоch to’kilishi turli yoshda kuzatiladi. Ko’pincha birоr bеtоblik alоmati bo’lishi mumkin.

Bоlalarda sоch to’kilishi оg’ir yuqumli kasalliklar, shuningdеk, оrganizmda vitaminlar еtishmasligi, jigar, mе’da-ichak, nеrv sistеmasi, qalqоnsimоn bеzlar kasallanishi оqibatida ro’y bеradi. Sоch to’kilishi ayrim yuqumli kasalliklar, masalan zahmda ko’prоq kuzatiladi. Bеmоr tuzalganidan so’ng to’kilgan sоchlar o’rniga yangi sоchlar o’sib chiqadi. Ba’zan o’quvchilarda, imtihоn davrida ham sоch to’kilishini kuzatish mumkin. Bu o’ta tоliqish, uyqusizlik davrida yuzaga kеladi. Ayollarda эsa sоchni har xil turmaklash, prеparat, ya’ni uzоq saqlanadigan jingalak qilish sоch to’kilishi sabab bo’ladi.

 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 15:32 | Message # 7
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
DAVOMI...


Vaqtidan оldin sоch to’kilishi o’rta yoshdagi эrkaklarda ko’prоq uchraydi. Bunda ikki chakka va tеpadagi sоch to’kiladi. Bir nеcha yildan so’ng umuman sоch qоlmaydi, yoki "tеpakal"ga aylanadi. Оdatda "tеpakal"lik nasl suradi. Uya-uya bo’lib sоch to’kilishiga эsa asab faоliyatining buzilishi, shuningdеk оrganizmning zaharlanishi sabab bo’ladi. Bu xоlat go’yo to’satdan ro’y bеrganga o’xshaydi. Dastlab bir-ikki jоydan to’kilib, ular kеngayib bоradi va bir-biriga qo’shilib, sоchlarning umuman to’kilib kеtishiga sabab bo’ladi. Sоch to’kilgan еrdagi tеri sillik, yaltirоq, yallig’lanmagan bo’ladi. Sоchning bu xilda to’kilishi оdatda xrоnik, unga davо qilish ancha mushkul kеchadi, hattо davоlangandan kеyin ham sоch to’kilishi mumkin. Ayrim dоrilarni surunkali ichib yurish yoki sоchni nоto’g’ri parvarishlash оqibatida ham sоch to’kilishi mumkin.

Sоchda kasallik paydо bo’lganda albatta shifоkоrga murоjaat qilish zarur. Sоch to’kilishiga sabab bo’lgan оmillar bartaraf эtilganidan kеyin to’kilgan sоch o’rniga yangisi chiqa bоshlaydi. Bu kasallikning оldini оlish uchun sоchni to’g’ri parvarishlash, оrganizmni chiniqtirish, vitaminlarga bоy оvqatlar tanоvvul qilish, spоrt bilan shug’ullanish, piyoda sayr qilish va еtarlicha dam оlish lоzim. Spirtli ichimlik va chеkishga ruju qo’ymaslik tavsiya эtiladi.

Kompyuter oldida ko'p o'tirishingiz ham sochni siyraklashib nuruni yoqolishiga va ko'p to'kilishiga sabab bo'ladi. Hattoki, qosh va kipriklar to'kilishi xavfi ham bor.

Ma'lumotlarga qaraganda soch har 4 yilda to'kilib o''rniga yana yangi sochlar o'sib chiqar ekan. Ammo shu 4 yil ichida sochning to'kilishi ham biror bir kasalliknining boshlanishi asoratini bildirishi mumkin.

Soch to'kilishiga bir maslahat!

1. Uy sharoitida bir osh qoshiq asalga bitta tuxum sarig'ini qo'shib aralashtirasiz va sochingizga surib (maska) qo'yasiz. va 2,3 soatlardan k-n yuvib tashlaysiz.

2. 1 kosa spirtga 10ta qalampirni ichiga solib bo'ktirib qo'yasiz. :7 va eritmani boshingizga surib qo'yib buni ham 3, 4 soatlardan k-n yuvib tashlaysiz.

3. Sochingiz mustahkam bo'lishi uchun sarimsoq piyozni qirg'ichdan o'tkazib suvini ajratib olasiz va suviniboshingizga surtasiz, yoki qatiq surib qo'ysangiz ham bo'ladi.

4. Sochingiz o'sishi u-n kastorniy masla, bodom yog'ini boshingizga surib qo'yasiz va 3,4 soatdan so'ng yuvib tashlaysiz.

Bergan maslahatlarimga rioya qilsangiz InshaAlloh sochingiz mustahkam va chiroyli bo'ladi.

Soch ildizlarini mustahkamlashda chindan ham chesnokdan foydalanadilar, chesnokni ezib suvli ezmani soch ildizlariga surib selofan qalpoq kiyib bir soat ushlanadi va hidli, sochga yog'li quruqligiga qarab mos keladigan oziqlantiruvchi shampun bilan yuvib tashlanadi, chesnokning xidi atrofdagilarni ortiqcha bezovta qiladigan darajada qolmaydi.

Yana limonni ko'p iste'mol qilishlik ham soch to'kilishini oldini oladi.

Soch to'kilishiga asosiy sabablardan biri stres! Nimaga yosh bolani sochi hech to'kilmaydi, chunki uni dardi yo'q, hech narsani jiddiyga olmaydi.... : )

Keyin vaqtida, sog'liqli shaklda ovqatlanishga ham diqqat qilish kerak. Och qolish, och qolgandan keyin birdan ovqat yeyish qanday oshqozonni og'ritib bezovta qilsa, bundan butun vujud ta'sirlanarkan, soch ham bunga sabab to'kilarkan.

E'tibor berganmisiz, sokin, hotirjam, qachon qaramang ishini o'z paytida qilgan, vaqtiga diqqat etgan kishilarning ham fizikiy ham rıuhiy sog'liqlari joyida bo'ladi...

İnson bir narsadan siqilganda, "voy kech qoldim", deb shoshganda butun tana ta'sirlanarkan....Bundan hulosa chiqarsak bo'ladi...

Soch to'kilishi vitamin tanqisligidan, kaltsiy yetishmasligidan, gemaglabin tushib ketganligidan, ichki organizmlarning kasallanganidan,issiqdan sovuqqa chalinganda(ya'ni issiq havodan yoki suvdan tezlik bilan va ko'p martalab sovuq havoga yoki suvga almashilganda yoki aksincha) va har xil shampunlar ishlatilganda yuzaga keladi.

Soch to'kilgan joylarga maxsus suyuqlik surtish tavsiya qilinadi. 40% spirtga bitta achchiq garmdori va saromsoqpiyozni bitta tishini maydalab aralashtiriladi va 3kun qorong'uda saqlanadi. Soch to'kilgan joyga surganda 2 soat surp yoki chit mato bilan o'raladi. Keyin tozalab yuviladi. Bu usul bir haftada bir marta qo'llaniladi. Agar soch kam to'kilsa, bu usulni bir oyda bir marta qo'llasa bo'ladi. (Hidi kelishi tabiiy, hidini ketkazishga harakat qilish mumkin, lekin hidi ketishi anchalik qiyin)

Sochi zaif kishilarga sochni to'kilishini oldini olish va ildizlarini baquvvat qilish cuhun kunjut va bodom yog'ini teng o'lchovda olib aralashtirib soch ildizlariga surtib massaj qilish tavsiya qilinadi.
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 15:41 | Message # 8
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Xina


Xina – Misr, Arabiston yarim oroli, Eron, Hindistonda o’sadigan xina butasi barglaridan olinadigan qizg’ish-sariq bo’yoq (yangi xina poroshogining rangi kul rang yashil bo’ladi). Junni aynimaydigan qizg’ish-qo’ng’ir rangga bo’yashda (yorug’likka chidamli) va sochni bo’yashda ishlatiladi.

Sochni bo’yashdan oldin yahshilab yuvish kerak. Xina poroshogina chinni yoki shisha idishga solib, ustiga qaynoq suv (60-70 C) quyiladi va yog’och tayoqcha bilan quyuq qilib qorishtiriladi. Keyin cho’tkacha yoki paxta o’rami bilan sochga suriladi. Boshni zar qog’ozi yoki polietilen plyonka bilan o’rab, ustidan sochiq yopib, 30-40 minutdan so’ng sochni sovunsiz issiq suv bilan yuviladi. Xina surilgan sochni kislotali suvga (sirka yoki limon kislotasi solingan suvga) aslo yuvmaslik kerak, chunki bu xinaning ta’sirini yo’qotadi. Bir sutkagacha sochga yog’ surmaslik va jingalaklamaslik kerak. Xina sochni o’stirishga yordam beradi.
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 15:44 | Message # 9
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Tirnoqning ichga o’sishi


Tirnoqning ichga o’sishi – tirnoq plastinkasining atrofdagi yumshoq to’qimalarga o’sib kirishi. Bunga poyabzal tor bo’lib, oyoq barmoqlarini qisishi, tirnoqlarning zarbdan shikastlanishi va boshqalar sabab bo’ladi. Tirnoqning ichiga o’sishi ko’pincha oyoqning bosh barmoqlarida kuzatiladi; bunda tirnoq ko’tarmasi og’rib, yallig’lanadi, ba’zan yara bo’lib madda bog’laydi. Tirnoq ichiga o’sganida oyoqni kaliy permanganat (margansovka)ning pushti eritmasi yoki soda qo’shilgan (1 stakan suvga 1 choyqoshiq) issiq suvga solib o’tirish, so’ngra tirnoqning ichga qarab o’sgan chetini kesib tashlash zarur. Og’ir hollarda xerurgik yo’l bilan davo qilinadi.
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 16:00 | Message # 10
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Qadoq


Qadoq. Tor poyabzal kiyish, shunigdek, oyoqlarni oyoqlarni parvarish qilmaslik natijasida ko’pincha oyoq, qo’l barmoqlari, ba’zan oyoq panjasi taglari, yon yuzalari va tovonlarda paydo bo’ladi. Qadoqlar yallig’lanishi va madda boylashi mumkin.

Qadoqlarni yaxshisi ixtisoslashtirilgan kabinetlarda olib tashlash kerak. Uy sharoitida vrach buyurganiga binoan qadoqlarga 10 foizfli salisilat (салицилат) yoki qadoq plastiri (dorixonalarda sotiladi) qo’yish mumkin. Ularni 2-3 marta surtgandan keyin 4-kuni oyoqlarni sovun soda eritmasi (1 litr suvga 1 choyqoshiq ichimlik sodasi va bir oz sovun qirindisi)dan tayyorlangan iliq vannaga 10-15 minut solib o’tirish kerak. Keyin qadoqning yumshab qolgan muguz qismi qaychi yoki ustara tig’I bilan (ularni oldin spirt yoki atirga solib dezinfeksiyalash kerak) ohista qonatmay olib tashlanadi. Oyoqlar qurigach, tarkibida vitamin A bo’ladigan oziqlantiruvchi kremdan kompressor qo’yish ma’qul. Bunda kremni bir bo’lak dokaga surtib qadoq ustiga qo’yish va ustidan kompress qog’ozi yopib, bog’lash kerak.
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 16:19 | Message # 11
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Lab bichilishi


Lab bichilishi – og’iz burchaklari infeksion kasalligi, mikroblar (streptokokklar) yoki zamburug’lar (kandida) qo’zg’atadi. Og’iz bo’shlig’idagi yallig’lanishlar, og’iz bo’shlig’I gigienasiga amal qilmaslik, labni hadeb yalayverish odati, organizmda B2 vitamini yetishmasligi va boshqalar kasallik paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi. Kasallik bemordan (masalan, o’pishganda) yoki bemor tutgan idish-tovoq, sochiq va boshqalar orqali ham yuqishi mumkin. Lab bichilganda og’iz burchaklarida pufakchalar paydo bo’ladi. Kasallik bir xaftadan bir necha haftagacha, avitaminoz tufayli (ayniqsa B2 vitamini yetishmaganda) zaiflashib qolgan odamlarda esa bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. Labning bichilgan joyiga brilliant ko’kining spirtdagi eritmasi (zelenka) surtib qo’yish va atrofidagi terini solisilat yoki borat spirit bilan artib turish tavsiya etiladi. Ovqat vitamini (sabzavot, mevalar)larga boy bo’lishi zarur. Achchiq, sho’r taomlarni va o’tkir dorivorlarni iste’mol qilmaslik kerak. Kasallik bir xaftada yo’qolmasa vrachga murojaat etish lozim.
 
SAKINADate: Shanba, 02-Fev-2013, 16:31 | Message # 12
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bug’ vannasi


Bug’ vannasi (kosmetikada). Yuz terisi, ayniqsa yog’li g’ovak yuz terisini tozalashda qo’llaniladi. Bug’ teri yog’ bezlarining yog’ chiqadigan yo’llariga tiqilib qolgan yog’ (kirlar)ni yumshatishga va uning chiqib ketishiga yordam beradi.

Bug’ vannasini uy sharoitida quyidagicha amalga oshiriladi: qaynoq suv solingan chuqur tog’arachaga boshni engashtirib, tog’oracha bilan birga qo’shib boshning ustidan patli sochiq yopiladi va yuz 10-15 minut bug’lanadi. Vanna qabul qilishdan oldin betni sovunlab yuvish kerak.vanna qabul qilib bulgandan keyin betni avval iliq, so’ngra sovuq suv bilan yuvish lozim. Yog’li terini xaftada 1-2 marta, quruq terini esa oyda 1-2 marta bug’lash kerak. Yuz terishining sezgirligi kuchli bo’lsa bug’ vannasi tavsiya etilmaydi.
 
DURDONDate: Seshanba, 19-Fev-2013, 17:59 | Message # 13
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Занжабил
Занжабилни янги илдизини майдалаб ёгли , хусунбузарли юзга маска килинса юз ранги очилади, юз териси таранглашади , эластик булади , юзда кон айланиши яхшиланади , юз терисидан токсинларнинг чикиши яхшиланади . Занжабилдаги антисептик хосса туфайли хусунбузарлар ва яллигланишлар кетади . Бунинг учун янги занжабил илдизини киргичдан чикариб асалга кориб 15-20 минутга маска килинади .




 
SAKINADate: Dushanba, 26-Avg-2013, 10:42 | Message # 14
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Limon:
Yuz terisi teshiklarini toraytirib, oqartiradi.
Hususiyatlari:
Limon suviga doim suv qoshish kerak.
Retsept:
1osh qoshiq tvorogni 1-2tomchi limon suvi bilan aralashtiring. Bu maska ajinlarni yaxshi tekislaydi.
Oqartirish uchun:
1ta limon suvi 2osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Dokani shu aralashmada ho’llab yuzga 15-20 daqiqaga qo’yish kerak.
Bu aralashmani muzlatgichda 1hafta saqlash mumkin.


 
SAKINADate: Dushanba, 26-Avg-2013, 10:46 | Message # 15
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Pomidor:
Yuzni tozalaydi va hujayralarning tez bitishiga yordam beradi.
Hususiyatlari:
Tomat suvi tualet suti (tualetnoye molochko) o’rnini bosadi.
Retsept:
Yaxshi oziqlantiradigan va erta qarishni oldini oladigan maska:1ta pomidor, 1ta tuxum sarig’i, 1osh qoshiq kraxmal aralashtiriladi.


 
SAKINADate: Dushanba, 26-Avg-2013, 11:02 | Message # 16
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Banan:
Terini tekislaydi va yumshatadi.
Hususiyatlari:
Banan maskalari ayniqsa uzoq vaqt havosi quruq joyda bo’lganingizda yordam beradi. Ularni muhim uchrashuv oldidan ekspress modda sifatida ishlatish mumkin.
Retsept:

Yarimta bananni vilka bilan ezib, nozik qilib yuzga surtish kerak.




Hamma maskalar yangi mevalardan faqat bir marta foydalanish uchun tayyorlanishi kerak. Har qanday maskani yuvganda 2-3 marta choy, losyon yoki bodring suvida ivitilgan paxta bilan artib olish yetarli.
 
Forum » AYOLLAR BO'LIMI » Go'zallik saloni » Kosmetika
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: