A resized and cropped image
/ Sayt yangiliklari / Amerika shok xabarlari / Green Card’ga ariza topshirish uchun 1 dollar to‘lov joriy etiladi
25/11/16

Green Card’ga ariza topshirish uchun 1 dollar to‘lov joriy etiladi

AQSH Davlat departamenti 16-sentyabr kuni Diversity Visa (DV) ya’ni Green Card’ga ariza topshirish uchun 1 dollar to‘lov joriy etilishini ma'lum qildi.

Joriy etilayotgan to‘lov elektron shaklda, ro‘yxatdan o‘tish vaqtida undirilishi ko‘zda tutilgan. Departament hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu tashabbus orqali taxminan 25 million dollar mablag‘ foyda ko‘rilishi kutilmoqda.

 

“Bu o‘zgarish, lotereyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga xarajatlarni teng taqsimlash imkonini beradi. Endi bu xarajatlar faqatgina g‘olib bo‘lgan kam sonli ishtirokchilarga emas, balki barcha ro‘yxatdan o‘tganlarga taalluqli bo‘ladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

To‘lov 2025-yil oktyabr oyi boshida boshlanishi kutilayotgan Green Card-2027 uchun joriy etiladi. Ariza topshirish sanasi hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, yaqin orada AQSH Davlat departamentining rasmiy sayti va Federal reyestrda to‘liq ma’lumot — ariza topshirish muddatlari, ishtirok etish talablari hamda qaysi davlat fuqarolari qatnasha olishi haqida e’lon qilinadi.

Avval qanday edi?

Avval xarajatlar faqatgina g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tomonidan to‘lanadigan 330 dollar miqdoridagi to‘lovga kiritilgandi. Endilikda esa, 1 dollar to‘lov barcha ishtirokchilarga tatbiq etiladi, bu esa xarajatni ko‘pchilik orasida teng taqsimlashga xizmat qiladi.

Davlat departamenti bu o‘zgarish soxta ro‘yxatdan o‘tish holatlarini kamaytirishiga urg‘u bermoqda — ya’ni lotoreyadan foyda ko‘rishga urinayotgan firibgarlar soni qisqarishi kutilmoqda.

Green Card o‘zi nima?

Green Card chet el fuqarolariga AQSHda rasman ishlash imkonini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjatdir. Bu viza lotereyasi bo‘lib, unda ishtirok etish uchun talabgorlardan maxsus arizani to‘ldirish talab etiladi. Har yili butun dunyo bo‘ylab minglab aholi lotereyani yutib oladi va AQSHga rasman ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ariza berish jarayoni taxminan oktyabr oyida boshlansa, natijalar may oylarida e‘lon qilinadi. Bundan muvafaqqiyatli o‘tgan shaxslar navbatdagi jarayonda, ya’ni haqiyqiy kartani olish uchun ham bir necha oy kutishiga to‘g‘ri keladi.

 

The Department of State (“Department”) proposes an adjustment to the Schedule of Fees for Consular Services of the Department of State's Bureau of Consular Affairs (“Schedule of Fees” or “Schedule”) to establish a $1 fee to register for the Diversity Visa lottery program. This change will more fairly place the burden of the lottery registration on individuals seeking the benefit of gaining access to the DV application process instead of charging only the small percentage of successful registrants for the costs associated with administering the lottery program for all registrants. To effect this change to the DV program, the Department is also amending its regulations to note that an electronic registration fee will be collected at the time of registration.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring-Поделитесь в социальных сетях

Izoxlar3

0  
@Shaxona0423 25/10/30 9:06:58 PM [Материал]
1 milion to'lagandan 1 dollar tolash arzonku happy
0  
Mars 25/10/29 7:28:56 AM [Материал]
50 milonta odam ariza yozsa qancha pul bo'ladi shunda biggrin
0  
SSayyod 25/10/29 11:06:37 PM [Материал]
25 mln$ tushishi taxmin qilinayotgan ekan
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilargina izox qoldira olishadi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Azolik | Kirish ]
Saytga kirish
Reklama uchun joy
Kategoriya
Shtat xabarlari [8]
Chicago shtati bo'yicha yangililar
Umumiy xabarlar [10]
Umumiy har hil xabarlar uchun bo'lim
Truck olami [0]
Trucklar olamidagi yangiliklar va o'zgarishlar haqida bo'lim
Amazon yangiliklari [2]
Amazon kompaniyasida sodir bo'lyotgan va yangiliklar uchun bo'lim
Sayohat/Travel [1]
Amerikaning go'zal maskanlariga sayohat
Amerika shok xabarlari [6]
USA bo'yicha bo'lgan shok xabarlar
Tehnalogiya yangiliklari [2]
Tehnaloiya olamidan yangiliklar
O'zbekiston xabarlari [2]
O'zbekiston hayoti va faoliyati xabarlari uchun bo'lim
Instagram
View this profile on Instagram

Uziga Bek (@uzigabekcom) • Instagram photos and videos

YouTube kanalimiz
Shtatlarda Dizel Narxlari
 
200
Kalendar
«  Oktyabr 2025  »
Yak Du Se Cho Pa Ju Sha
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Kalendar
Barcha azolar: 2517
Hozir saytda: 2
Mehmonlar: 2
Azolar: 0
Bugun tashrif qilganlar!

6ta forum ilgorlari!
  • DURDON
  • MASTER
  • OSIYO
  • BAXOR
  • CryGirl
  • SANJAR80