OTA-ONA-larimiz haqida sherlar
|
|
OSIYO | Date: Payshanba, 28-Iyul-2011, 04:48 | Message # 31 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Соғиндим.
Тутқунликда ётиб дадажон,
Сизни беҳад ёмон соғиндим.
Дийдорингиз кўришга муштоқ,
Бўлиб зору-гирён соғиндим.
Дардим билмас Худодан ўзга,
Йиғласам ёш келмайди кўзга.
Армонларим сиғмайди сўзга,
Ғамда қалби вайрон соғиндим.
Қўлимдадир Тангри каломи,
Тиловати кўнгил ороми.
Ўғлингизни сизга инъоми
Қилиб тиловати “Қуръон” соғиндим.
Ман “Қуръон”ни қиламан иқрор,
Унда ҳар дардни давоси бор.
Ҳали учрашувдан умидвор,
Бўлиб, сизни ҳар он соғиндим.
Биламанку меҳрибон Эгам,
Шуни билиб кўнгил хотиржам.
Таваккул этганман, йўқдир ғам.
Ўқибон сураи-раҳмон, соғиндим.
|
|
| |
OSIYO | Date: Payshanba, 28-Iyul-2011, 04:50 | Message # 32 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Ажалга чора йўқ
Умидворман жаннатдалир рухингиз.
Согнчингиз юрагимда дадажон.
Яратганни азал хукми шу экан.
Шарт экан келиши барибир–хижрон.
Юрагим эзилиб синиб кумсайман.
Огир булди менга айрилик фирок.
Уз-узимни овутаман йиглайман.
Биламан ажалга чора йук бирок.
Шак-шубхасиз хали парвардигорим.
Кайта тирилтирар бунга гумон йук.
Абадий хаетни булиши хакдир.
Бунга ишонмаса кимки имон йук.
Аллоху-расулни хак деб-билдингиз.
Аллохим гувохдир имонингизга.
Умидворман насиб этгай–жаннатда.
Борсам-салом бериб мен-енингизга.
Кошкийди келса тез уша кун тезрок.
Ўтсайди хаммадан ўткинчи дунё.
Кетадиган жойдан кетган яхширок.
Бу дунё бир гўё саробу рўё.
Мумин кишиларни асло–хотиржам-
Яшайдиган маскан эмас бу олам.
Муминларнинг жойи мангу-жаннатдир.
Шунгача гўё бир мусофир одам.
Ё Раб гард тушмасин имонимизга.
Умидвормиз ваъда килган жаннатдан.
Авф сураймиз айбу-нуксонимизга.
Маҳрум этма мағфиратдан-рахматдан!!!
|
|
| |
OSIYO | Date: Payshanba, 28-Iyul-2011, 04:51 | Message # 33 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Алвидo Ал-видо ё ал-видо нури жахоним кетдилар.
Тарк этиб фоний жахонни мехрибоним кетдилар.
Хак таъоло кисматига буйсуниб рози бўлиб,
Даргохинга энди Роббим, Дадажоним кетдилар.
Сабри бир дарё каби, хулқи расулуллох каби.
Юлдузлар ичра мох каби ширин забоним кетдилар.
Доим ибодатлар билан, зикру-тиловатлар билан.
Ибратли одатлар билан, фахри замоним кетдилар.
Найлайин бу айрилик дарди дилимни уртагай.
Энди билдим-фахри-кўрки-хонадоним-кетдилар.
Мен дуо айлаб яратганга-газал езмай нетай.
Чунки оламдан менинг-“руҳи-равоним”-кетдилар.
Эшитгандим сиз вафот топганда айтганди онам,
«Яхшилар авлодидан, колган нишоним кетдилар».
Бизга ташлаб бу хает гавгосидан кулни ювиб.
Дилга далда-бошга гўё, соябоним–кетдилар.
Одамизод айрилиб колса билар кўп нарсани.
Кўрмайин роҳат-фароғат бағри қоним кетдилар.
Мавж урсин қабрингизда рахмати нури Худо.
Ғам-аламда калб-вужуди нотавоним кетдилар.
Бир-биримига ғаниматмиз, синов дунесида.
Бурчни биздан соқит айлаб, «Имтихоним»–кетдилар.
Жойингиз жаннатда бўлгай!-деб, килур Саҳвий дуо,
Ҳақ сари умид этиб, жаннатмаконим кетдилар.
|
|
| |
DURDON | Date: Chorshanba, 17-Avg-2011, 16:10 | Message # 34 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Ota-ona g`animat
Hayot karvonini tortib o`tamiz Umrni sarhisob qilib o`tamiz Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz Bu dunyoda bormi o`zi diyonat Ey birodar ota-onang g`animat
Inson yashar yolg`on kunning ostida Inson yashar qil ko`prik ustida Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida Topgan boylik molu-dunyong xiyonat Bu dunyoda ota-onang g`animat
Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning Ota-onang yonidasan xijolat Bu dunyoda ota-onang g`animat
Otang hayot xonadoning charog`on Onang hayot baxting to`kis farovon Ular borki bosgan qadaming ravon Har ne borki saqlay olgin qanoat Bu dunyoda ota-onang g`animat
Mehr bergin ayolingga, gulingga Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga Mehr bergin jigaring-u qoshningga Atrofingda yaqinlaring tumonat Bu dunyoda ota-onang g`animat
Farzand uchun yemagan-u yedirgan Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan Ular uchun qilolmasak inoyat Bu dunyoda ota-onang g`animat
Yashayapsan bu dunyoda kimni deb Olomasang duosini onam deb Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb O`tgandan so`ng qilma bekor dod –faryod Tushun axir ota-onang g`animat
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 21-Avg-2011, 05:00 | Message # 35 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| ONANG BOR DUNYODA AZIZSAN XAMON, DO'STLARING BISYORDIR OLAM CHAROG'ON. SHU IKKI TAYANCHDAN AYRILGANING CHOG' SEN G'ARIB BIR ZOTSAN DUNYO ZIMISTON.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 27-Avg-2011, 15:19 | Message # 36 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Farzand deb yig'lasa yig'laydi falak Bu mo'tabar onadir, onadir beshak Deydi men yemasam ham farzandim yesin Deydi men kiymasam ham farzandim kiysin Deydi farzandim ulg'aysin, unsin Bu kuyunchak onadir, onadir beshak Dunyoni beradi farzand baxti-chun Jonni fido qiladi farzand joni-chun Farzandi og'risa yig'lar tun-u kun Bu aziz onadir, onadir beshak Sochiga oqlar nelardan tushdi Farzand deya ona nelardan kechdi Farzandi uchun axir zaxarlar yutdi Bu mehribon onadir, onadir beshak!!!
|
|
| |
yahyo | Date: Yakshanba, 04-Sen-2011, 01:20 | Message # 37 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
| kottakon rahmat
salom
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 16:35 | Message # 38 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Onajonim
Onajonim mexringiz cheksiz bir ummon O'sha mexringiz ila ko'nglimdur shodon Xayotimga quvonchdir bitta shirin so'zingiz Iloxo uzun bo'lsin Allox bergan umringiz Dardga to'lsa bu ko'nglim dardkshim bir o'zingiz Osmonimda bulut bo'lsa nurli quyosh o'zingiz Yiqlisam gar yo'llarimda qo'llaringiz cho'zarsiz Onajonim bu dunyoda yagona mexribonimsiz Ko'zlarimga yosh kelganda qo'y yig'lama qizim deysiz Sening marjon ko'z yoshingga arzimaydi ular deysiz Mening ko'nglim butundir sizday mexribonim bilan Baxtimga sog' omon bo'ling ko'zlaringiz bo'lmasin nam
|
|
| |
OSIYO | Date: Juma, 30-Sen-2011, 03:27 | Message # 39 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| ОТА! Елкангиз ўпаркан қуёш ҳам бота,
Қаршилаб барчани бир-бир уйғота,
Болангиз кўнглига пахтадан юмшоқ,
Темирдан қаттиқроқ қалқоним, ота!
Залворли юклар-да юқтиролмас гард,
Олдингизга тушмас бирон битта мард.
Зардобга айланган ичга ютар дард
Юракдан портлаган вулқоним, ота!
Гуллар титраса ҳам бўстон ваҳмида
Эъзозлаб яшагай сизни раҳмида!
Биз дея ҳаётнинг аччиқ саҳнида
Ўзин ер айлаган осмоним, ота!
Болам деб нигоҳи ғунчадек сўлган,
Оғир синовларда не бўлса-бўлган...
Юзи қайғурса-да, кўзлари кулган
Жаннат ҳиди келар райҳоним, ота!
Бирор луғати йўқ йиғлаб нолишда,
Аста ҳордиқ олган қаттиқ болишда!
Қалбида эркалаб, йиғлаган тушда
Йилларга улғайган армоним, ота!
Сизга мен шу букун қўшиғим айтдим,
Қадрингизни ўйлаб ҳовлига қайтдим,
Меҳрингизда қолган бўлса гар қайтим,
Ман учун бир умр дармоним, ота!
|
|
| |
OSIYO | Date: Dushanba, 17-Okt-2011, 11:37 | Message # 40 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Onadir beshak
Yuragining tagida yana bir yurak Kun-u tun farzand-chun tilaydi tilak Farzand deb yig'lasa yig'laydi falak Bu mo'tabar onadir, onadir beshak Deydi men yemasam ham farzandim yesin Deydi men kiymasam ham farzandim kiysin Deydi farzandim ulg'aysin, unsin Bu kuyunchak onadir, onadir beshak Dunyoni beradi farzand baxti-chun Jonni fido qiladi farzand joni-chun Farzandi og'risa yig'lar tun-u kun Bu aziz onadir, onadir beshak Sochiga oqlar nelardan tushdi Farzand deya ona nelardan kechdi Farzandi uchun axir zaxarlar yutdi Bu mehribon onadir, onadir beshak!!!
|
|
| |
OSIYO | Date: Juma, 11-Noya-2011, 16:18 | Message # 41 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Onajonim mexringiz cheksiz bir ummon
O'sha mexringiz ila ko'nglimdur shodon
Xayotimga quvonchdir bitta shirin so'zingiz
Iloxo uzun bo'lsin Allox bergan umringiz
Dardga to'lsa bu ko'nglim dardkshim bir o'zingiz
Osmonimda bulut bo'lsa nurli quyosh o'zingiz
Yiqlisam gar yo'llarimda qo'llaringiz cho'zarsiz
Onajonim bu dunyoda yagona mexribonimsiz
Ko'zlarimga yosh kelganda qo'y yig'lama qizim deysiz
Sening marjon ko'z yoshingga arzimaydi ular deysiz
Mening ko'nglim butundir sizday mexribonim bilan
Baxtimga sog' omon bo'ling ko'zlaringiz bo'lmasin nam
|
|
| |
SAKINA | Date: Seshanba, 15-May-2012, 02:13 | Message # 42 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Lazzatin, ko`rmay uyquning, Allalagan, onajonim mening, Onajonim mexribonim mening. Kam suqumsiz O`stirgan, Oq yuvib ardoqlagan, Onajonim mexribonim mening. Tong saxarlar non yopib, Qaynoq kulchalar bergan, Onajonim mexribonim mening. Qiynasa dardlarim mening, Dardimga darmon bo`lgan Onajonim mexribonim mening. Sog` omon bo`l bolam, Deb baxtim tilagan, Onajonim mexribonim mening.
|
|
| |
SAKINA | Date: Seshanba, 15-May-2012, 02:17 | Message # 43 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Onajonim mexringiz cheksiz bir ummon O'sha mexringiz ila ko'nglimdur shodon Xayotimga quvonchdir bitta shirin so'zingiz Iloxo uzun bo'lsin Allox bergan umringiz
Dardga to'lsa bu ko'nglim dardkshim bir o'zingiz Osmonimda bulut bo'lsa nurli quyosh o'zingiz Yiqlisam gar yo'llarimda qo'llaringiz cho'zarsiz Onajonim bu dunyoda yagona mexribonimsiz
Ko'zlarimga yosh kelganda qo'y yig'lama qizim deysiz Sening marjon ko'z yoshingga arzimaydi ular deysiz Mening ko'nglim butundir sizday mexribonim bilan Baxtimga sog' omon bo'ling ko'zlaringiz bo'lmasin nam
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:09 | Message # 44 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Ota meni o'ylab g'am ema, Ko'nglim kuhna ovchining saydi Meni bandi aylagan kema , Haliveri to'xtash bilmaydi
Kamalakka aylanar yo'lim Goho g'amnok gohida sho'xman, qaytishimni o'ylash kulgili, Men miltiqdan otilgan o'qman
Manzilim qay kimning yuragi, Xudo bilar qildingmi tusmol, Qo'rqma mening sinmas kuragim Qo'rqma mening o'ylarim halol.
Garchi qadah tuta boshladim, Garchi qizlar tilin bilaman. Meni mayxo'r deyolmas hechkim Oshiqlari berib qo'ygan tan.
Ketmon emas qalamim ila Kiprigimga ilaman erni, Kechir meni otajon illo.. Portlab-portlab yashagim keldi.
Ketganim yo'q qishloqdan to'yib, Ildizimni yaxshi bilaman. Men zaminni kaftimga qo'yib Bitta ulkan qishloq qilaman..
Faqat meni o'ylab g'am ema Guldirakman ko'ngling bo'lsin to'q Ota bo'lsang bilasan dema , Ota bo'lib ko'rganimcha yo'q
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:10 | Message # 45 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Men sizni o'ylayman shomu saharda, Ona, sog'insam ham bora olmayman, Tunlari charog'on shunday shaharda, Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim, Hammaga ishondim, mana oqibat: O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim, Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan: Men - zangor yaylovda olis, bepoyon, Uyuridan ajrab qolgan qulunman...
Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim, Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos. Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim, Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o'ylayman shomu saharda, Ona, sog'insam ham bora olmasdan. Tunlari charog'on shunday shaharda Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb, Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib. Baxtimga hamisha omon bo'ling deb, Sog'inib qoluvchi qizingiz Kumush...
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:10 | Message # 46 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Nimadir u, ko'zingga kelgan, Xayolingga, ona, ne keldi? Yig'lab turib hattoki kulding, Nimadir u, ko'zingga kelgan?
Menga juda o'xshaydi, ona, Ko'zlaringda yaltiragan yosh. Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh, Menga juda o'xshaydi, ona.
Ona, uni to'kma, iltimos? Ko'zlaringdan to'kilay agar. Sevinchingdan bermasam xabar, Ona, uni to'kma iltimos.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:10 | Message # 47 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir baloni ko'rib yorug' dunyoda, Toshkanni ko'rmagan bechora onam, Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi, Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi!..
Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q, Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g', Menda yurak deganlarin o'zi yo'q: Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom, Senga na gul berdim, na shirin kalom, Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?..
Deysan: olislarda omon yursang bas, Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas, Bolam, senga hamma qiladi xavas... Axir, mening dardim She'r emas faqat, Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat, Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt?..
Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin, Poyingga tiz cho'kib, qo'lingni o'psin. Undan ham ulug'im borligin ko'rsin, Men uchun ham aziz holingni so'rsin, Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam, Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!..
Muhammad Yusuf
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:11 | Message # 48 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Yetmish yulduz yog'ilib, Yarim oycha to'lolmas, Yeti yanga yig'ilib, Bitta ona bo'lolmas, Ona tirik eshikka G'urbat yaqin yo'lolmas, Mening esa, bag'rim qon, Vayronaman onajon.
Garchi biz yosh, g'o'r edik, Siz bor - biz ham zo'r edik, Bir mayizni besh o'g'il Teng bo'lishib yer edik, Goh talashsak, haq so'zni Onam aytsin der edik, Tushmi endi u zamon, Hayronaman, onajon.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:11 | Message # 49 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Tirik yursa volidang Toqqa kuching yetarkan, Onang o'lsa, boshingdan Oftob o'tib ketarkan, Jindekkina alam ham Tog'dek botib ketarkan, Ko'ksim to'la ming armon, To'lg'onaman, onajon.
Onasiz uy - oysiz tun Ekan endi o'ylasam, Qalbni o'rtar dardlarim, Qay birini so'ylasam? Sizsiz ko'cham befayz, Halovat yo'q uyda ham, Farishtasi tark etgan Ostonaman, onajon
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:11 | Message # 50 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| O'zing uchun o'l yetim! O'rda ham men, qirda ham. Ko'ylagimda tugma yo'q, Tugma bo'lsa, kir -yoqam. To'rt yangamga qo'shilib Turtkilaydi to'rt og'am, O'z uyimda jonajon, Begonaman, onajon.
Ko'ngil o'zin tutingan Bir mehribon qo'msaydi, Dunyoda bir odamga Siring aytib bo'lsaydi, Onasizni do'sti ham, Dushmani ham aldaydi, Ayting axir, men kimga Ishonaman, onajon?.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:11 | Message # 51 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Yo'qligingiz qadamda Turar shunday bilinib, Non yopmaysiz tonglari Menga kulcha ilinib, Sarg'ayarman sarg'aygan Rasmingizga termulib, Ziyo istab zor qaqshar Parvonaman, onajon.
Uy to'rida tolbeshik - Akam yotgan, men yotgan, Sherdek-sherdek kelbatli Besh o'g'ilga asqotgan, Qaytib kirib bo'lsaydi Bo'lardim jon deb qaytgan! Men bu joyni hammadan Qizg'onaman, onajon.
Yashayapman sharpadek Sezilmay goh, sezilib. Gohi ko'kka intilib, Gohi yerga egilib, Sog'inganda she'r yozib Yuraklarim ezilib - El ichra bir shoiri Devonaman, onajon
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:12 | Message # 52 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Sog’inmoq bor,ko’rishmoq endi dushvor, Oramizda poyonsiz daryolar bor. Bir ko’rishga biz intizor mushtoqmiz, Biz ikkiga bo’lingan bitta tog’miz.
Dunyolari bevafo xilqat ekan, Baxt degani bir oily fursat ekan. Taqdir azal oldida ojiz otang, Ayro yashash bizga bir qismat ekan.
O’ksimagin jon o’g’lim,polvon o’g’lim Seni tashlab ketganim,yolg’on o’g’lim Sensiz mening bag’rim ham butun emas Sensiz mening ko’nglim ham vayron o’g’lim.
Ko’zim oqu-qorasi sensan bilsang Yuragimnimng nolasi sensan bilsang Buni hayot deydilar qil ko’prik bu, Tushunarsan bir kuni yigit bo’lsang.
Mayli men ne bo’lsam ham omon bo’l sen! Onang orzu qilgandek o’g’lon bo’l sen! Otangni qayg’urmay yashasang ham, Yurti uchun qayg’urgan inson bo’l sen!
O’ksimagin jon o’g’lim,arslon o’g’lim, Seni tashlab ketganim yolg’on o’g’lim. Topmoq joyda yo’qotmoq ham bor ekan. O’z holimga o’zim ham hayron o’g’lim.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:12 | Message # 53 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Onang ketsa savlatlaring ketgaydir, Otang ketsa davlatlaring ketgaydir. Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang, Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday, Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday. Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa, To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring, O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring. Lekin otang sabr toshga aylanar, Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u, Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u. Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang, Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab ko‘r, G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r. Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek, Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring, Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring. Otang-onang qolar senla, qolgani Shunchaki... ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:12 | Message # 54 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Otalar sha'niga loyiq so'z demoq Tabarruk bir kitob yozish bilan teng. Ularning mehri-ku,bamisli charoq, Bag'ri ham yulduzli osmon kabi keng.
Sharqona tashbehni olsam gar yodga, Bir nomi buzurgu bir nomi faqir. Zaminni kaftida tutib,avlodga Bus-butun yetkazgan otalar,axir.
Yuksak-yuksaklarga uchgan sor lochin Nazar uzmagandek polaponidan. Bardavom naslini asramoq uchun Axir ota qavmi kechgan jonidan.
Non,degan farzandning dardli xitobi Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan. Bardoshli umrning zaqqum zardobi Sochlari qirovdek ko'pirib chiqqan.
Taxti Sulaymonddan balanddir beshak Ota deb atalgan martabayu baxt. Farzand bunyod bo'ldi,o'lim yo'q demak Otaning ilgida zamon bilan vaqt.
Men ko'kka termulib kutmasman madad Do'st izlab har yonda kezmasman sarson. Do'stu madadkor ham otadir abad, Shoni-shoning erur,armoni-armon.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:13 | Message # 55 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Ka'ba qopqasida turgan,ey posbon, Avval onalarning ochgin yo'llarin. Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on, Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin qo'llarin
Hojar onamizning nidosi sabab Ka'bada ko'z ochgan Obi Zam-zam ham. Bir umr talpinmish onaga qarab, Ne-ne payg'ambarlar ko'zlarida nam.
Qavmimni ranjitib qo'ymayin,ammo Tobut yasab kelgan er zoti doim. Onalar bag'riga faqat beshik jo, Hayotbaxsh allalar aytgan,muloyim.
Sho'rlik odamzodning tolei uchun Eng avval onalar qilsin ibodat. Zora,gunohlardan pok bo'lgay ochun, Onalar o'tinchi topib ijobat.
Ka'ba qopqasida turgan,ey posbon, Avval onalarning ochgin yo'llarin. Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on, Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin qo'llarin.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:13 | Message # 56 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Kimdir savol berdi:-Aytgil,Muhammad, Yolg'iz sen Rasulsan butkul olamga. Kimga ko'p yaxshilik aylay,o'zing ayt, Ota-onamgami yoxud bolamga.
Rasul javob qildi:-Tingla birodar, Gapimni bir bora quloqqa ilgil. Imkon topa olsang dunyoda agar, Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Shu hikmat sharhini o'yladim uzoq- Rostdan ona erur qiblai olam. Garchi barchamiz ham padarmiz,biroq Onadan tug'ilgan payg'ambarlar ham.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:13 | Message # 57 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Sizning so'zingizda ajib ma'no bor, Bag'ringizga tortar so'zingiz sehri. Men bildim sizningsiz keng duyo ham tor, Jo'shar qalbingizda onalik sehri.
Shoir qizim deysiz, sho'h qizim deysiz, Onajon erkalang olam quchaman. Issiq yuzim deysiz, yulduzim deysiz, Yuksak parvoz tilang baland uchaman.
Orzularim ro'yob duo qilsangiz, Doimo yo'limda bo'lgaydir madad. Qalbimda bir istak agar bilsangiz, Allohim asrasin sizni toabad.
Onajonim mening, oftobim mening, Aytay boringizga ming bora shukur. Mehribonim, mohim, tobonim mening, Bosh egib aylayin sizga tashakkur.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:13 | Message # 58 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Otajon so'zingiz ajib bir hikmat, Hech bir kitoblardan topmam qidirib. Umr yo'lingizda yashaydi qat-qat, Halollik ustuni turar bilinib
Yusingiz sahnida yashirin yillar, Mehringiz bosadi oftob taftini. O'sha siz o'tqazgan daraxtlar bilar, Mehnatkash qo'lingiz qadoqlarini.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:13 | Message # 59 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Erta-indin yelar izg’irin, Yiqiladi bog’larga tuman. Anglagani yashashning sirin, So’zlashaman yomg’irlar bilan.
Mastu alast, beg’am do’sti yor, Toliqtirar qalbimni manim. Shunda birdan bo’ladi oshkor, Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.
Derazaga ho’l bag’rin bosib, Kuzak tuni surganda xayol – Men eng go’zal she’rimni yozib, Sizni eslab yig’lashim ayon.
|
|
| |
OshiqYigit | Date: Shanba, 15-Sen-2012, 01:14 | Message # 60 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
| Bir mehring olamni to'ldirib turar, Bag’ringdan hayotga talpinib keldim. Bir dunyo bolalik sho’xliklarimni, Onajon, qoshingga etaklab keldim…
Kitobni ushlatib, maktabga eltding, Maktabdan har kuni uy tomon yeldim. Gohida bir maqtov, gohida tanbeh, Onajon, qarshingga yetaklab keldim…
Faxr-la, g’urur-la oq yo’l tilading, Ilm deb eng katta shaharga keldim. Har safar “Dunyoda sendan ulug’ zot, Onajon, also yo’q!”, demak-la keldim...
Fashist-la kurashib, qo’ldan ayrildim, Afg’onda oyoqning qadrini bildim. Bir nidong doimo chorladi meni - Onajon, huzringga emaklab keldim…
|
|
| |